Karimjon Qosimov (1954-yil 10-yanvar) – oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor, katta leytenant. Andijon mashinasozlik instituti Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi professori[1].

Karimjon Qosimov
Tavalludi 1954-yil 10-yanvar
Andijon tumani
Fuqaroligi O‘zbekiston
Kasbi muhandis-mexanik
Ish joylari Andijon mashinasozlik instituti
Ilmiy unvoni texnika fanlari doktori, professor
Veb-sayt https://web.andmiedu.uz/uz

Tarjimayi holi

tahrir

Karimjon Qosimov 1954-yilda Andijon viloyati, Andijon tumani Xartum qishlogʻida tugʻilgan. 1979-yilda Andijon paxtachilik institutining Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash fakultetini tugatgan, muhandis-mexanik. Oilali, 6 nafar farzandi bor.

Mehnat faoliyati

tahrir

Mehnat faoliyatini 1979-yilda Andijon viloyat qishloq xoʻjalik boshqarmasida mehnatni muhofaza qilish injeneri lavozimidan boshlagan. 1980-1981-yillarda Andijon tumanida Karl Marks sovxozida injener, 1981-1990-yillarda Andijon paxtachilik institutining Metallar texnologiyasi va mashina detallari kafedrasida assistent, 1990-1993-yillarda Andijon qishloq xoʻjalik institutining Mashinalar puxtaligi va remonti kafedrasida katta oʻqituvchi, dotsent va kafedra mudiri, 1993-1998-yillarda Andijon muxandislik-iqtisodiyot instituti katta oʻqituvchisi, dotsent, kafedra mudiri, 1998-2004-yillarda Andijon qishloq xoʻjalik institutida avval sirtqi taʼlim, keyin kunduzgi Agroinjeneriya fakulteti dekani, Metallar texnologiyasi va mashina detallari hamda 2004-2011-yillarda Umumiy texnika fanlari va hayot faoliyati xavfsizligi kafedralarida dotsent vazifalarida faoliyat yuritgan. 2011-2014-yillarda Andijon mashinasozlik institutida kafedra dotsenti, mudiri, fakultet dekan, 2018-yil sentyabr oyidan 2022-yilga qadar Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi dotsenti. 2022-yildan buyon mazkur kafedra professori hisoblanadi.

Ilmiy faoliyati

tahrir

1985-1988-yillarda Moskvadagi Traktorlar va qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlash va ulardan foydalanish davlat ilmiy tadqiqot texnologik instituti aspiranturasida ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqigan va 1989-yilda Ulyanovsk qishloq xoʻjalik institutida „Kukunli qoplamalarni elektr kontaktli payvandlash koʻrsatkichlari va usullarini asoslas]“ (Obosnovanie pokazateley i rejimov vosstanovleniya detaley elektrokontaktnoy privarkoy poroshkovix pokritiy) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan[2].

Qosimov Karimjon oʻzi olib borayotgan ilmiy ishlari bilan Fan va texnologiyalar Markazining innovatsiya tanlovining bir necha bor gʻolibi boʻlgan. Jumladan, 2003-2004-yillarda №ZI-5-04 raqamli „Qishloq xoʻjaligi mashinalari qismlarining ashınma qarshiligini oshirish texnologiyasini oʻzlashtirish“, 2014-2015-yillarda № IK-2014-5-19 raqamli „Qishloq xoʻjalik texnikalarining yeyilishga chidamliligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqarishga joriy etish“ mavzusidagi innovatsion loyihalar rahbari, 2016-2017-yillarda №I-2016-2-26/1 „Yerlarni ekishga tayyorlovchi kombinatsiyalashgan mashinaning sanoat nushasini tayyorlash va ishlab chiqarishga joriy etish“ mavzusidagi innovatsion loyiha ishtirokchisi sifatida faoliyat olib borgan. Qosimov Karimjon 200 dan ortiq chop etilgan ilmiy-uslubiy ishlarning muallifi boʻlib, shundan 4 ta darslik, 5 tasi oʻquv qoʻllanma, 5 tasi monografiya va 50 dan ortigʻi ilmiy jurnallardagi maqolalardan[3] [4], 15 dan ortigʻi ixtirochilik guvohnomasidan iborat.

Erishgan yutuqlari

tahrir

Qosimov Karimjon talabalik yillarida aʼlo oʻqishi va faolligi uchun Lenin nomli stipendiya, hamda Polshada oʻtkazilgan xalqaro talabalar slyotida ishtirok etish uchun yoʻllanma bilan taqdirlangan. 2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Isteʼdod“ jamgʻarmasi tomonidan oʻtkazilgan tanlovning grant sovrindori boʻlib, 2006-yilda Moskvadagi Lomonosov nomli Davlat Universitetida malaka oshirib kelgan.

  1. „Andijon mashinasozlik instituti Texnologik mashinalar va jixozlar kafedrasi Qaralgan sana=24.07.2024“ (andmiedu.uz).
  2. „Karimjon Qosimovning nomzodlik dissertatsiyasii Qaralgan sana=24.07.2024“ (search.rsl.ru).
  3. „Karimjon Qosimovning Google akademiyada chop etilgan maqolalari Qaralgan sana=24.07.2024“ (scholar.google.com).
  4. „Karimjon QosimovningUniversum ilmiy jurnalida chop etilgan maqolalar Qaralgan sana=24.07.2024“ (7universum.com/ru).