Karl Marx
Karl Marx (talaffuzi: Karl Marks; 1818-yil 5-may, Trir, Prussiya — 1883-yil 14-mart, London, Buyuk Britaniya) — nemis faylasufi, tarixchisi, iqtisodchisi, sotsiologi, siyosiy jurnalisti va sotsial inqilobchisi. Uning gʻoyalari ommaviy fanlar yaratilishida va sotsialistik harakatning rivojlanishida muhim oʻringa ega boʻlgan. Marx falsafada dialektik va tarixiy materializm, iqtisotda qoʻshimcha narx nazariyasi, siyosatda sinflar kurashi nazariyasining muallifidir. U hayoti davomida koʻplab asarlar yaratgan, ulardan eng taniqlilari — „Kommunistik partiya manifesti“ va „Kapital“.
Karl Marx | |
---|---|
Tavalludi |
5-may 1818-yil |
Vafoti |
14-mart 1883-yil (64 yoshda) London, Buyuk Britaniya |
Fuqaroligi | Prussiya qirolligi[1], fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va Birlashgan Qirollik |
Otasi | Heinrich Marx[2][3] |
Onasi | Henriette Presburg[2] |
Marx advokat oilasida tugʻildi. 1835—1841-yillarda Bonn va Berlin untlarining yuridik fakultetlarida oʻqidi. Falsafiy qarashlari yosh gegelchilar taʼsirida shakllandi. 1842-yil „Reyn gazetasi“ (Kyoln)ga muharrirlik qildi. 1843-yil Parijga koʻchib keldi. Bu yerda Fridrix Engels bilan doʻstlashdi (1844) va u bilan birgalikda yozgan „Muqaddas oila“ asari (1845) tuzumni oʻzgartirishga shaylangan proletariatning nazariya va taktikasiga bagʻishlandi.
Prussiya hukumatining tazyiqi tufayli Parijdan chiqarib yuborilgach, Bryusselga keldi. Bu yerda Engels bilan hamkorlikda yaratgan „Nemis mafkurasi“ (1845—46) asarida dialektik va tarixiy materializmning asosiy qoidalari bayon etilgan.
Marxning „Falsafa qashshoqligi“ (1847) asarida esa tarixiy materializm va proletar siyosiy iqtisodi asoslari yoritilgan. „Kommunistlar uyushmasi“ xalqaro tashkilotining ishida faol qatnashgan Marx va Engels bu tashkilotning dasturi — „Kommunistik partiya manifesti“ni yozdilar (1848). Fransiyada 1848-yil inqilobi boshlangandan keyin Belgiya hukumati Marxni qamoqqa oldi va mamlakatdan chiqarib yubordi. Marx Parijga kelib, Kommunistlar uyushmasining yangi MKni tuzdi. Aprelda Marx va Engels Kyolnga joʻnadilar, bu yerda Marx „Yangi Reyn gazetasi“ga bosh muharrir boʻldi. 1849-yilning mayida Prussiya hukumati Marxni badargʻa qilib, gazetani yopdi. Marx 1849-yilning avgustida Londonga koʻchib bordi va umrining oxirigacha oʻsha yerda yashadi. Bu yerda Engelsning moddiy yordami bilan nazariyotchilik va jamoatchilik faoliyatini davom ettirdi.
Marx 1-Internatsional (1864—76)ning tashkilotchisi va yetakchisi edi. 1867-yil Marxning asosiy asari „Kapital“ (1-jildi) bosilib chiqdi; Marx uning keyingi jildlarini tugata olmadi. Ularni Engels nashrga tayyorladi (2-jild, 1885; 3-jild, 1894). Bu asar Marxizm iqtisodiyoti va sinfiy kurash nazariyasiga oid asosiy kitob hisoblanadi. Marxning boshqa asarlari: „Lui Bonapartning oʻn sakkizinchi bryumeri“ (1852), „Siyosiy iqtisod tanqidiga doir“ (1859), „Fransiyada fuqarolar urushi“ (1871), „Gota dasturini tanqid“ (1875)[4].
Hayoti
tahrirYoshlik davri
tahrirKarl Marx Trir shahridagi advokat Geynrix Marx (yahudi) oilasida 3-chi farzand boʻlib dunyoga keldi. Tugʻilgan uyi (hozirda muzey) Trir shahrining Bryukkergasse/Brückergasse, 669 manzilida joylashgan. 1819-yilda Marxning oilasi Simyonshtrasse/Simeonstraße, 8 manziliga koʻchib oʻtadi.
1830-1835-yillar davomida Marx Trir shahridagi gimnaziyada tahsil oladi.
17 yoshida gimnaziyani tamomlab, avval Bonn Universitetida, soʻng Berlin Universitetida tahsil oladi. Universitetda yuridik fanlarini oʻrganadi, biroq keyinchalik tarix va falsafaga qiziqishi kuchayadi.
1836-yilda Jenni fon Vestfalen (Jenny von Westphalen 1814 — 1881) bilan unashtiriladi.Keyinchalik unga uylanadi.
1841 — 1883
tahrir1841yilda Universitetni tamomlagach, Marx Bonn shaxriga koʻchib oʻtadi.
1842—1843-yillarda Marx „Rheinisehe Zeitung“ gazetasida jurnalist va muhbir boʻlib ishlaydi. 1843-yilda gazeta oʻz faoliyatini tamomlaydi, oqibatda Marx ham ishdan boʻshaydi. Shu yili u Jenni fon Vestfalen honimga uylanadi va yosh oila Parijga koʻchib oʻtadi.
Parijda u Geine va Engels bilan tanishadi. Umrining ohirigacha shu insonlar bilan doʻst va hamkasaba boʻlib yashaydi. Marxning ishchilar sinfining sharoitiga eʼtibor qaratishiga ham Engels sababchi boʻlgan.
1849-yilda Marx Londonga koʻchib oʻtadi. 1864-yilda Marx „Halqaro ishchilar assotsiatsiasini“ tashkil etdi. 1867-yilda „Kapital“ ning 1chi tomi nashr qilinadi. Karl Marx 1883-yilda London shaxrida 64 yoshida vafot etgan. Londondagi Hengeyst mozoriga davn etilgan.
„Kapital“ning keyingi tomlari Engels tomonidan nashr qilinadi.
Ilmiy ishlari
tahrir- Iqtisodiy-falsafiy qoʻlyozmalar (1844)
- Feyerbax haqidagi tezislar (1845)
- Nemischa ideologiya (1846)
- Falsafa qashshoqligi (1847)
- Maosh va kapital (1847)
- Kommunistik partiya manifesti (1848)
- Siyosiy iqtisod tanqidiga doir (1857-1859)
- AQSHdagi fuqarolar urushi haqidagi maqolalar (1861)
- Kapital 1-tom (1867)
- Fransiyada fuqarolar urushi (1871)
- Kapital 2-tom (1885)
- Kapital 3-tom (1894)
- Kapital 4-tom (1905-1910)
Bolalari
tahrir- Jenny Caroline (1844 — 1883), Charles Longuetning turmush oʻrtogʻi
- Jenny Laura (1845 — 1911), Paul Lafarguening turmush oʻrtogʻi
- Edgar (1847—1855)
- Henry Edward Guy („Guido“) (1849—1850)
- Jenny Eveline Frances („Franziska“) (1851—1852)
- Jenny Julia Eleanor (1855—1898), Edward Avelingning turmush oʻrtogʻi
- 1857-yilda tugʻilgan bola ism berilmasidan avval vafot etgan
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Saitxodjayev H.B. Sotsiologiya: Maʼruzalar kursi. — Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2008. — 169 b.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |