Katalon atlasi

1375-yildagi jahon xaritasi

Katalon atlasi (kat. Atles català, Katalancha talaffuzi: ˈalːəs kətəˈla ) — XIV asrda yaratilgan dunyo xaritasi; Kataloniya maktabining oʻrta asr kartografiyasining eng katta yutugʻi hisoblanadi. Taxminan 1375-yilda Palma-de-Malyorkada yahudiy Avraam Kreskes tomonidan Aragon qiroli Xuan I buyrugʻi bilan oʻgʻli Yehuda Kreskes tomonidan katalan tilida tayyorlangan[2]. U fransuz qiroli Karl V „Dono“ (21.01.1338 16.09.1380)ga sovgʻa sifatida inʼom etilgan (hozirda Parij shahridagi Parij milliy kutubxonasida saqlanmoqda).

Katalon atlasi
Yil 1375-yilda
Tur portulan[1]
Material velen
Oʻlchami 64,5 cm × 300 cm (25.4 in × 120 in)
Holati yaxshi
Joylashuvi Fransiya Milliy kutubxonasida, Parij (Fransiya)
Egasi Avraam Kreskes, Yehuda Kreskes
Veb-sayti Vikiombordagi mediafayli
Xaritada tasvirlangan birinchi yozma kompas

Atlas dastlab olti varaq pergamentdan iborat boʻlib, ular keyinchalik oʻrtasidan boʻlingan va yogʻoch tagliklarga yopishtirib chiqilgan. Birinchi varoqda kosmografiya, astronomiya va astrologiya masalalari yoritilgan (xususan, Yerning sharsimon shakli qayd etilgan). Dengizchilar uchun amaliy maslahatlar ham berilgan.

Marko Polo va Jon Mandevil uchun xorijdagi mamlakatlar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan karta-portolan jadvali joylashtirilgan. Shimol, arab anʼanalariga koʻra, pastda joylashgan. Xarita orqali Hindiston va Xitoyning koʻplab shaharlarini aniqlash mumkin[3]. Qolgan toʻrt varoq haqiqiy xaritani tashkil qiladi, Quddus markazga yaqin joylashgan; ikkitasi Sharqni tasvirlaydi; qolgan ikkitasi Shimoliy va Gʻarbiy Afrika bilan birga Yevropani koʻrsatadi. Xarita taxminan 1,3 m2 (142 ft.) oʻlchamda. Unda nasroniy shaharlari xoch bilan, boshqa shaharlar esa gumbazlar orqali ifoda etilgan hamda har bir shahar bayroq bilan koʻrsatilgan. Koʻk rangdagi toʻlqinli vertikal chiziqlar okeanlarni ifodalash uchun qoʻllanilgan. Muhim portlarning joy nomlari qizil rangda, boshqalari esa qora rangda koʻrsatilgan[4].

Gʻarbiy qism zamonaviy portolan jadvallariga oʻxshaydi, lekin jadvalda birinchi bor yozma kompas qoʻllanilganligi bilan ajralib turadi[5].

Galereya tahrir

Manbalar tahrir


Adabiyotlar tahrir

Izohlar tahrir

  1. Portolan — italyancha soʻz boʻlib, dengiz yoʻnalishlarini taʼriflab keladi. XIV-XV asrdagi eng asosiy navigatsion xaritalardan biri hisoblanadi.
  2. Cecil Roth (1940). The Jewish Contribution To Civilization. Harper. pp. 69–72. ISBN 9781443725231.
  3. Dhani Irwanto (27-mart 2019-yil). Taprobana: Classical Knowledge of an Island in the Opposite-Earth. Indonesia Hydro Media. p. 15. ISBN 9781465435613.
  4. Botton, Jerry (2014). Great Maps. DK Publishing. p. 62. ISBN 9786027244962.
  5. Clayton J. Drees (2001). The Late Medieval Age of Crisis and Renewal, 1300–1500: A Biographical Dictionary (The Great Cultural Eras of the Western World). Greenwood. pp. 119–120. ISBN 0-313-30588-9.