Kataloniya milliy kuni (kat. Diada Nacional de Catalunya) har yili 11- sentabrda nishonlanadi[1]. U 1714-yilda Barselona qamali yakunlangani munosabati bilan nishonlanadi. Ispaniya qirollik taxti uchun urushning soʻnggi jangi oqibatida kataloniyaliklar oʻz muxtoriyatini boy bergan. Urush a jang gʻolibi, Ispaniya qiroli Filipp V (oʻsha vaqtda Anjuy gersogi) Kataloniya zodagonligi archgertsog Charlz VI’ga, uning tomonidan Ispan qirollik taxtini egallashida qoʻllab-quvvatlangani, shu jumladan, harbiy koʻmak koʻrsatganiuchun jazo sifatida Aragon Qirolligi va Kataloniyaning barcha huquq va imtiyozlarini bekor qilgan. Shu bilan qirollik tugatilgan.

Kataoniya milliy kuni
Barselonadagi Rafael Kazanova haykali poyiga gul qoʻyish

1980-yilda oʻz faoliyatini qayta boshlagan Kataloniya generalitati (muxtoriyat hukumati) oʻzining ilk qarori bilan 11-sentabrni Diade (kat. La Diada) — Kataloniya milliy kuni deb eʼlon qildi.

Kataloniyaning millatchilik kayfiyatidagi tashkilotlari va siyosiy partiyalari shakllangan anʼanaga koʻra, Rafael Kazanova yodgorligi poyiga gul qoʻyadi. U fransuz-ispan armiyasining Barselona shahar oʻzini-oʻzi mudofaa kuchlarini boshqargan va 1714-yilda Barselona himoyasida katta rol oʻynagan. Shu bilan Kataloniya millatchiligining „ustunlaridan“ biriga aylangan.

11-sentabr kun davomida turli siyosiy aksiyalar, namoyishlar, konsertlar, bayram tadbirlari boʻlib oʻtadi. Barselonaning koʻplab fuqarolari oʻz kiyimlariga milliy ramzlar tushirilgan timsollarni taqadi, balkonlarda Kataloniya milliy bayroqlari osiladi[2].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Los símbolos nacionales. Cataluña. Generalitat de Cataluña“ (2010-yil 13-fevral). 2010-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-avgust.
  2. „El 11 de septiembre, día de la fiesta nacional de Cataluña“ (es). Bueno Bonito Barcelona (2016-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 28-avgust.

Havolalar

tahrir