Katatoniya
- Ushbu maqola tibbiy atama haqidadir. Musiqiy guruh uchun Katatonia maqolasiga qarang.
Katatoniya (yun. κατατείνω – taranglashish) ruhiy va tayanch-harakat kasalliklari guruhidir.
Katatoniya (yun. katatonos – tarang), katatonik sindrom – kishi ruhiyatining buzilishi, katatoniyaning 2 shakli farq qilinadi: muskullar taranglashib, qotib qolish (katatonik karaxtlik, stupor) hamda harakat va nutq qoʻzgʻaluvchanligi qolati (bunda bemor ashula aytadi, raqsga tushadi, oʻzini har xil alfozga soladi, goh shodlanadi, goh vahimaga tushadi va hokazo). Katatoniya shizofreniya va psixoz sindromi boʻlib, intoksikatsiya, infeksiya yoki bosh miyaning organik zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Katatoniyada es-hush saqlansada unda gallyusinatsiya va alahlash holati kuzatiladi[1].
Katatonik qoʻzgʻolish
tahrirBemorda bemaʼni, stereotipli harakatlar bilan qoʻzgaluvchanlik, negativizm va nutq aloqasizligi, ayrim paytlarda esa kutilmagan achchiqligi, buzgʻunchanlik harakatlar, maʼnosiz jahllik, oʻziga shikast yetkazish bilan motorli qoʻzgʻolish kuzatiladi.