Kathleen Byron

britaniyalik aktrisa

Kathleen Elizabeth Fell (11-yanvar, 1921-yil, Manor Park, Londonda tugʻilgan — 18-yanvar, 2009-yil, Northwood, Angliyada vafot etgan) professional sifatida Kathleen Byron nomi bilan tanilgan sobiq britaniyalik aktrisa.

Kathleen Byron
Tavalludi
Kathleen Elizabeth Fell

11-yanvar 1921-yil
Vafoti 18-yanvar 2009-yil(2009-01-18)
(88 yoshda)
Northwood, London, Angliya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1938—2001-yillarda
Turmush oʻrtogʻi
Daniel Bowen
(turm. 1943; ajr. 1950)

Alaric Jacob
(turm. 1953; vaf. 1995)
Bolalari 3 nafar

Yoshligi tahrir

Byron Manor Parkda (oʻsha paytda Essexning bir qismi)[1] tugʻilgan. U "ishchilar sinfining qatʼiy sotsialistli" sifatida taʼriflangan, keyinchalik Sharqiy Ham okrugining leyboristlar meri boʻlgan. Kathleen mahalliy gimnaziyada oʻqigan, shuningdek, Bristol Old Vic teatr maktabida ham tahsil olgan. Aktrisa Carol Reedning The Young Mr. Pitt (1942) kartinasida birinchi marta ovozli filmda rol oʻynagan, filmda u Robert Donatga qarshi xizmatkor obrazida boʻlgan[2].

Faoliyati tahrir

 
Kathleen Byron Ann Peters rolida[3]

1943-yilda Byron USAAF uchuvchisi leytenant JJohn Daniel Bowenga turmushga chiqadi va AQShga koʻchib oʻtadi. Rejissor Michael Powell uni Britaniyaga qaytishga koʻndiradi va u yerda Byronning eng yaxshi esda qoladigan filmlarini suratga tushishiga sababchi boʻladi[2]. U Michael Powell va Emeric Pressburger hamkorligidagi bir nechta filmlarda rol oʻynagan: A Matter of Life and Death (1946) filmida farishta rolida, Black Narcissus filmidagi bezovtalangan Ruth opa (1947-yilda ushbu filmdagi roli uchun aktrisa New York Film Critics' Circle tomonidan "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasiga nomzod boʻlgan) va The Small Back Room (1949) kabi kartinalar shular jumlasidandir.

Aktrisa bir muddat Michael Powell bilan ishqiy munosabatda boʻlgan[2]. Michaelning Black Narcissus filmidagi muvaffaqiyati oxir-oqibat uni Hollywoodga yetaklab keladi, natijada Young Bess (1953) filmida yordamchi rolni ijro etish imkoniyatiga ega boʻladi. U bu tajribani foydasiz deb topadi va tez orada Britaniyaga qaytib keladi. Byronning keyingi davrdagi rollari asosan B filmlarida gavdalanadi. U 1957—1967-yilgi teleserial Emergency Ward 10da vaqti-vaqti bilan koʻrinish berib turgan, yaʼni, maslahatchi ginekolog Harold de la Roux (John Barron)ning piyonista xotini rolini oʻynagan.

Shaxsiy hayoti va oʻlimi tahrir

1953-yilda Byron oʻzining ikkinchi turmush oʻrtogʻi, britaniyalik jurnalist va yozuvchi Alaric Jacobga turmushga chiqqadi; Jacob oʻsha paytda BBCda faoliyat yuritar edi. Ularning bitta oʻgʻil va bir qiz farzandlari bor edi; shuningdek, Jacobning oldingi nikohidan bitta farzand ham[4].

Byron 2009-yilning 18-yanvar sanasida Londonning Northwood tumanidagi Denville Hall binosida koʻkrak saratoni kasalligi natijasida vafot etgan[2][5].

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1938 Climbing High Model on Sofa Akkreditivsiz
1942 The Young Mr. Pitt Millicent Grey Akkreditivsiz
1943 The Silver Fleet Maktab bekasi
1946 A Matter of Life and Death Farishta
1947 Black Narcissus Ruth opa
1949 The Small Back Room Susan
Madness of the Heart Verite Faimont
1950 The Reluctant Widow Mme. Annette de Chevreaux
Prelude to Fame Signora Anne Bondini
1951 Scarlet Thread Josephine
Life in Her Hands Ann Peters
Hell Is Sold Out Arlette de Balzamann
I’ll Never Forget You Duchess of Devonshire
Four Days Lucienne Templar
Tom Brownʼs Schooldays xonim Brown
1952 My Death Is a Mockery Helen Bradley
The Gambler and the Lady Pat
1953 Young Bess Ann Seymour
1954 Star of My Night Eve Malone
Profile Margot
Night of the Silvery Moon Jane
1955 Secret Venture Renne L’Epine
Handcuffs, London Janet Tedford
1961 Hand in Hand xonim OʻMalley
Design for Murder Elizabeth Carr TV Film
1962 Night of the Eagle Evelyn Sawtelle
1967 Who Is Sylvia? xonim Proudpiece TV serial
1968 Hammerhead xonim Calvet
The Portrait of a Lady Countess Gemini TV serial
1969 The Confessions of Marian Evans TV film
Wolfshead: The Legend of Robin Hood Katherine Locksley
1971 Private Road xonim Halpern
Twins of Evil Katy Weil
1972 The Golden Bowl Fanny Assingham TV serial
The Moonstone xonim Verinder TV serial
1973 Nothing But the Night doktor Rose
1974 Craze Muriel Sharp
The Abdication Ona qirolicha
The Little Mermaid Qirolicha TV film
1975 One of Our Dinosaurs is Missing Colonelning xotini
1980 The Elephant Man xonim Waddington
1981 Hedda Gabler Juliana Tesman TV film
From a Far Country Tadekning onasi
1996 Emma xonim Goddard
1998 Les Misérables Boshliq ona
Saving Private Ryan Qari xonim Ryan
Diary Qisqa metrajli film
2010 Cameraman: The Life and Work of Jack Cardiff Oʻzi Hujjatli film

Manbalar tahrir

  1. 1921 Birth records index
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Kathleen Byron obituary, The Daily Telegraph, 21 January 2009.
  3. „Watch Life in Her Hands“ (en). BFI Player. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
  4. Brian Baxter Kathleen Byron obituary, The Guardian,19 January 2009. Retrieved 21 January 2009
  5. „Kathleen Byron: Actress who played Sister Ruth in "Black Narcissus"“. The Independent (20-yanvar 2009-yil). Qaraldi: 27-yanvar 2018-yil.

Adabiyotlar tahrir

  • McFarlane, Brian. An Autobiography of British Cinema. London: Methuen. 1997-yil; ISBN 0-413-70520-X

Havolalar tahrir