Katrin Cartlidge

britaniyalik aktrisa

Katrin Juliet Cartlidge (15-may, 1961-yil, Londonda tugʻilgan — 7-sentabr, 2002-yil, Angliyada vafot etgan) britaniyalik sobiq aktrisa. U birinchi marta ekranda Channel 4 efirga uzatgan Brookside (1982-1983-yillar) serialida Lucy Collins rolida paydo boʻladi hamda 1997-yilda Mike Leighning Career Girls filmi uchun "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasida Evening Standard Film mukofotini qoʻlga kiritadi. Aktrisaning boshqa filmlari orasida Leighning Naked (1993), Before the Rain (1994), Breaking the Waves (1996) hamda From Hell (2001) filmlari bor.

Katrin Cartlidge
Tavalludi
Katrin Juliet Cartlidge

15-may 1961-yil (1961-05-15) (62 yosh)
Vafoti 7-sentyabr 2002-yil(2002-09-07)
(41 yoshda)
Hampstead, London,[1] Angliya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1982-2002-yillar

Yoshligi tahrir

Cartlidge Londonda ingliz millatiga mansub otasi Derek va nemis-yahudiy boʻlgan onasi Bobbilar oilasida tugʻilgan[2]. U Camdendagi Parliament Hill School for Girlsda tahsil olgan[3].

Faoliyati tahrir

Aktrisaning Manchevski tomonidan ishlangan Before the Rain va No Man's Land filmlari uni Bosniya va Gersegovina hamda Bolqon yarim orolida mashhurlikka erishishiga yordam beradi. Mike Leighning Naked filmidagi Sophie obrazi uning birinchi bosh roli boʻlgan. Cartlidge yana ikkita Leigh filmlarida ishlagan. Jumladan, Career Girls filmida u 20—30 yosh oraligʻidagi bosh rollardan birini Hannah obrazini hamda Topsy Turvyda esa Parijdagi fohishaxonadagi madam rolini gavdalantirgan.

U polshalik rejissor Lech Majewskining 2004-yilda suratga The Garden of Earthly Delights nomli saraton kasalligidan vafot etgan sanʼatshunosning filmida bosh rolni o‘ynashi kerak edi, biroq, muallif film suratga olinishi boshlanishidan oldin vafot etgan[4]. Cartlidge 21 Gramsda rol oʻynashni boshladi, ammo aktrisa vafot etgach, uning oʻrniga Charlotte Gainsbourg uning rolini davom ettiradi[5].

Cartlidge 41 yoshida (2002-yil, 7-sentabr) feokromotsitomadan kelib chiqqan pnevmoniya va septitsemiya asoratlari[3] tufayli vafot etgan. Tracy Letts oʻzining 2003-yilda Man from Nebraska spektaklida Cartlidgega bagʻishlab, „Nebraskalik odam mening qadrdon doʻstim Katrin Cartlidge xotirasiga bagʻishlangan“, degan edi[6].

Filmografiyasi tahrir

Televizion va qisqa metrajli filmlarda

Yil Sarlavha Rol Rejissor Izohlar
1985 Sacred Hearts Doris Barbara Rennie
1987 Eat the Rich Katrin Peter Richardson
1993 Naked Sophie Mike Leigh
1994 Before the Rain Anne Milcho Manchevski
1996 Merisairas Elena Polakov Veikko Aaltonen Yana bir nomi „Seasick“
1996 Breaking the Waves Dodo McNeill Lars von Trier Bodil Award for Best Actress in a Supporting Role

Robert Award for Best Actress in a Supporting Role
1997 Career Girls Hannah Mills Mike Leigh Evening Standard British Film Award for Best Actress

Boston Society of Film Critics Award for Best Actress

—Nomzod: European Film Award for Best Actress
1998 Claire Dolan Claire Dolan Lodge Kerrigan —Nomzod: Independent Spirit Award for Best Female Lead
1998 Hi-Life April Roger Hedden
1999 The Lost Son Emily Chris Menges
1999 Topsy-Turvy Madam Mike Leigh
1999 The Cherry Orchard Varya Michael Cacoyannis
2000 Hotel Splendide Cora Blanche Terence Gross
2000 The Weight of Water Karen Christenson Kathryn Bigelow
2001 No Manʼs Land Jane Livingstone Danis Tanović
2001 From Hell Annie Chapman Hughes Brothers

Televizion rollari

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1982–83, 1990 Brookside Lucy Collins Televizion drama serial • 51ta epizod
1986 The Collectors Beattie Haycock 1-fasl, 7-epizod: „The Dog It Was…“
1987 Bulman Rose 2-fasl, 7-epizod: „Ministry of Accidents“
1988 The Comic Strip Presents… Maria 3-fasl, 6-epizod: „Funseekers“
1993 The Chief Liz Williams 3-fasl, 3-epizod: „A Long Cold Lonely Winter“
1994 Capital Lives Carole 1-fasl, 6-epizod: „Repossessed“
1996 Screen Two Bosh qahramonning

kafedagi sevgilisi

Epizod: „Look Me in the Eye“
Yil Sarlavha Rol Izohlar
1993 Kolinsky Nomaʼlum rol(lar) Qisqa metrajli film
1994 Normandy: The Great Crusade Clara Milburn (ovozli) Televizion qisqa merajli film
1994 Nobody’s Children Viorica Televizion film
1994 Fever Claire Qisqa metrajli film
1995 3 Steps to Heaven Suzanne / Candy / Billie Televizion film
1995 Narance Manya Qisqa metrajli film
1996 Nightlife Robin Televizion film
1996 Saint-Ex Gabrielle de Saint-Exupéry Televizion film
2000 Cinderella Goneril Televizion film
2001 Sword of Honour Julia Stitch Televizion film
2002 Crime and Punishment Katerina Ivanovna Televizion film
2002 Surrealissimo: The Scandalous Success of Salvador Dali Gala Dali Televizion maxsus koʻrsatuv
2002 Eddie Loves Mary Nomaʼlum rol Qisqa metrajli film • oʻlimidan keyin chiqarilgan

Manbalar tahrir

  1. Raphael, Amy (2008). Mike Leigh on Mike Leigh. London: Faber. p. 287; ISBN 978-0-571-20469-4.
  2. „Cartlidge, Barbara (Oral history) (21621)“. Iwm.org.uk (2001-yil 10-aprel). Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
  3. 3,0 3,1 Guardian obituary.
  4. Lech Majewski, DVD commentary, The Garden of Earthly Delights, Kino International, New York, 2008.
  5. „21 Grams“. Entertainment Weekly (2003-yil 15-avgust). Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  6. „Inspirations - WIP - Dramatugy for Man from Nebraska“. 2022-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.

Havolalar tahrir