Katta Yugan
Katta Yugan — Rossiya Federatsiyasining Tyumen viloyatidagi daryo. Ob daryosining chap irmogʻi, Yugan daryo tarmogʻiga quyiladi. Uzunligi 1063 km, havzasining mayd. 34700 km2. Vasyuganya botqoqliklaridan boshlanadi; Gʻarbiy Sibir tekisligidan oqib oʻtadi. Eng katta irmogʻi Kichik Yugan (oʻngda). Havzasida, umumiy mayd. 545 km2 boʻlgan 8000 ga yaqin koʻl bor. Asosan, erigan qor suvlaridan toʻyinadi. Oktyabr-noyabrda muzlaydi, aprel oxiri-may oyi boshlarida muzdan boʻshaydi. Yogʻoch okizishga kulay. Kuplan-deyevi pristanidan boshlab kema qatnaydi.[1]
Katta Yugan | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 063 |
Maydoni | 34 700 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Katta Yugan |