Katta qumli choʻl
Katta qumli choʻl (inglizcha: Great Sandy Desert) — Avstraliyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi choʻl. Maydon 280 ming km2, oʻrtacha balandligi janubida 400–500 m, shimolida 300 m. Bal. 10–15 m li (baʼzan, 30 m gacha), uz. 40–50 kmgacha boʻlgan qator qum tepalari bor. Muvaqqat shoʻr koʻl koʻp. Katta qumli choʻl — Avstraliyaning eng issiqjoylaridan biri; yozda oʻrtacha temperatura 28—30°, qishda 20— 15° gacha boʻladi. Yozda ekvatorial mussonlar bir oz yogʻin keltiradi (shimolida 450 mm dan janubida 200 mm gacha). Yogʻinning koʻp qismi bugʻlanib ketadi, qisman qumga singadi. Oʻsimliklari jan.da tikanli kserofit boshoqlilar, akatsiya butazorlari va shimolida evkaliptlardan iborat. Rudall-River milliy parki bor.[1]
Katta qumli choʻl inglizcha: Great Sandy Desert | |
20°0′0″S 125°0′0″E / 20.00000°S 125.00000°E | |
Mamlakat | Avstraliya |
Joylashuvi | Avstraliya |
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |