Natriy gidroksid (oʻyuvchi natriy, kaustik soda (grekcha: kaystikos – kuydiruvchi)), NaOH – rangsiz kristall, gigroskopik kukun koʻrinishidagi modda. Suyuqlanish temperaturasi 323 °C (604 °F), qaynash temperaturasi 1403 °C (2,530 °F), zichligi-2,02 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi, erish vaqtida issiqlik ajratib chiqaradi. Natriy suv bilan taʼsirlashib kuchli ishqorni paydo qiladi. Suvsiz NaOH 65,8° dan yuqorida kristallanadi. Havodagi namni tortadi, shu sababdan yoyilib ketadi va natriy karbonatga aylanadi. Natriy gidroksid natriy metali va natriy gidritni eritadi.

Osh tuzining suvdagi eritmasi (namakob)ni elektroliz qilib hosil qilinadi. Sunʼiy ipak, sovun va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda, toʻqimachilik va boshqa sanoat tarmoqlarida ishlatiladi. Koʻpgina organik birikmalar, charm va qogʻozlarni yemiradi. Teriga tegsa kuydiradi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil