Kayralar
rjankasimonlar turkumining chistiklar kenja turkumiga mansub qushlar urugʻi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kayralar (Uria) — jankasimonlar turkumining chistiklar kenja turkumiga mansub qushlar urugʻi. Uzuntumshuqli va kalta tumshuqli kayralar turini oʻz ichiga oladi. Vazni 1,4 kg ga yaqin. Shimol yarim sharning moʻʼtadil va arktik dengizlarida tarqalgan. Barmoqlari parda bilan tutashgan. Yerda yaxshi yura olmaydi; tez uchadi; yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Minglab qushlar galalashib dengiz qirgʻogʻidagi qoyalarga yoki tekis toshli orollarga uya quradi. Bitta tuxum qoʻyib, 33—35 kun bosadi. 20—24 kunlik joʻjalari qoyalardan dengizga tushadi. Asosan, mayda baliqlar, shuningdek, qisqichbaqalar va dengiz umurtqasizlari bilan oziqanadi. Tuxumi qimmatbaho oziqovqat hisoblanadi[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |