Kayxusrav Inoqbiy madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Kayxusrav Inoqbiy madrasasi XVIII asrda Sari puli rav gʻangaron guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Shohmurod davrida, Kayxusrav inoqbiy tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Vaqf hujjatida Bibi oʻzbek Bibish binti Hasanxon devongi hijriy 1220-yil zulqaʼda oyida (milodiy 1806-yil yanvar-fevral) Kayxursav inoqning toʻrt hujrasi uchun Komot tumanidagi Sari mavzesida 8 va 2 tanobdan iborat xurri xolis yerini vaqf qiladi va Junaydullohxoja ibn qozi Shokirxojani vakil qilgan. Madrasaga mazkur inoqning oʻgʻli Muhammad Hakimbek qori mutavvali boʻlgan. Undan soʻng uning avlodlari ushbu vazifani bajarishgan. Mutavvali hosildan ushr oladi. Qolgan qismi toʻrtta hujradagi 8 nafar talabaga beriladi. Kayxusrav Amir Doniyolbiy otaliq davrida dasturxonchi lavozimida ishlagan. Dasturxonchi amirning yaqin kishilaridan biri boʻlgan. Kayxusrav keyinchalik inoq lavozimiga koʻtarilgan. U Buxoro amirlari Amir Doniyolbiy va Amir Shohmurod davrida saroyda faoliyat yuritgan. U Kahkashon qishlogʻida bir masjid ham qurdiradi. Vaqf hujjatlarida u Kayxusrav dasturxonchi sifatida tilga olingan boʻlib, 1759-yilda Xutfar tumanida Ubayboy mavzesidagi 200 tanob xurri xolis yerini masjid uchun vaqf qilgan[2]. Kayxusrav Inoqbiy 19 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.

Madrasa
Kayxusrav Inoqbiy madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Kayxusrav inoqbiy
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Kayxusrav inoqbiy
Asosiy sana:
XVIII asr
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 19 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht

Manbalar

tahrir
  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.