Kedr
Kedr (Cedrus) — qaragʻaydoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxtlar turkumi. Boʻyi 30—50 m gacha, tanasining diametri 40—50 sm gacha (baʼzan 1,5 m gacha) boradi, 4 turi — Livan K.i (Kichik Osiyo togʻlarida), kalta ignabargli K. (Kipr orolida), Atlas K.i (Shimoliy Afrikada) va Himolay K.i (Markaziy Osiyoda) bor. Yogʻochi qizgʻish yoki sargʻish, xushboʻy. Suv inshootlari qurishda va mebelchilikda ishlatiladi. Kavkaz, Qrim va Oʻrta Osiyoning jan. qismida Livan, Atlas va Himolay K.lari oʻstiriladi. Atlas K.ining ignabargi qisqa — 2,5 sm cha, qubbasi silindrsimon, tuxumsimon (5—7 sm). Himolay K.ining ignabargi ingichka (uz. 2,5—5 sm), qubbasi tuxumsimon (7—10 sm). Livan K.ining ignabargi 15—35 mm, qubbasi bochkasimon (8—10 sm). K. yongʻogʻidan yogʻ, yogʻoch qismining shirasidan skipidar olinadi. Ignabarglaridan lavshaga qarshi konsentrat tayyorlanadi. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |