Keldihayot
Keldihayot (ruscha: Келдихаят) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[1].
Shaharcha | |
39°05′25″N 66°48′10″E / 39.09028°N 66.80278°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Shahrisabz tumani |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Etimologiyasi
tahrirKeldihayot shaharchasining eski nomi Kerayit boʻlib, xalq ogʻzaki tilida oʻzgarishga uchragan va hozirgi nomini olgan. XX asrning 70-yillaridan qishloqcha Keldihayot nomi ostida manbalarda uchraydi. Buning sababi esa Kitob tumanidagi huddi shu nomdagi (Kerayit) nomli qishloqning mavjudligida.
Lekin oʻzbek tilidagi soʻz yasash qoidalariga koʻra har ikki hudud nomi notoʻgʻri shakllantirilgan (kel+hayit, kel+hayot).
Kerayit soʻzi asli turkiy, moʻgʻul qabilalaridan biri boʻlgan urugʻ hisoblanadi. Qadimiy xalqlarning urugʻ nomi shaharchaga berilgan, yaʼni aholining etnik tarkibi inobatga olingan[2].
Oʻxshash nomlar
tahrirQashqadaryo viloyati Kitob tumanida XX asrning 70-yillariga qadar Kerayit keyinchalik esa Kelhayit nomi bilan atala boshlangan qishloq mavjud.
Tarkibi
tahrirKeldihayot shaharchasida 24-sonli maktab, 3 ta qabriston, metan quyish shaxobchalari va doʻkonlar faoliyat yuritadi. Shaharcha hududida ikkita mahalla mavjud, bular: Ravot va Oqdaryo mahalla fuqarolar yigʻini. Oqdaryo mahallasining bir qismi qoʻshni shaharchaning tarkibiga kiradi. Shaharchaga eng yaqin hududlar janubdan Sayilla va Oqadaryo; shimoldan Xoʻjaxuroson va Shamatan; gʻarbdan Yangibogʻ, Saroy va Kulobod aholi yashash punktlari hisoblanadi. Shaharcha yaqinidagi hududlarning katta qismi hali oʻzlashtirilmagan.
Shaharcha hududida Garovchashma nomli ariq oqib oʻtadi.
Keldihayot shaharchasiga eng yaqin magistral yoʻl M-39 avtomobil yoʻli hisoblanadi.
Tabiati
tahrirKeldihayot shaharchasining iqlimi yumshoq va moʻtadil. Qish fasli yumshoq va unchalik sovuq emas, kechalari salqin boʻladi. Yozi odatda juda issiq va hatto tunda ham havo harorati yuqori boʻladi.
Aholisi
tahrirAholisining, asosiy qismini oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillarini tashkil qiladi
Manbalar
tahrir- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 139-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |