Kelly Rohrbach (talaffuzi: Kelli Rorbak; 1990-yil 21-yanvarda tugʻilgan) amerikalik aktrisa va modeldir. U 2017-yilda ishlangan Baywatch filmida jonlantirgan C. J. Parker roli ortidan mashhurlikka erishgan.

Kelly Rohrbach

Rohrbach 2015-yilda
Tavalludi 21-yanvar 1990-yil (1990-01-21) (34 yosh)[1]
New York City, New York, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Aktrisa, model
Faoliyat yillari 2012-bugun

Dastlabki hayoti tahrir

Rohrbach New York shahrida tugʻilgan, bolaligi esa Greenwich shahrida oʻtgan.[2] Onasi — Anne (qizlik familiyasi Wholly), otasi — Clay Rohrbach.[3][4] U Greenwich akademiyasida tahsil olgan. Akademiyada oʻqish paytida golf oʻynash bilan shugʻullanib, atletika boʻyicha Georgetown universitetiga grant yutgan. 2012-yilda Georgetown universitetini tugatgan.[5]


Filmografiyasi tahrir

Film tahrir

Yil Film Rol Izohlar
2012 Wilt Beatrice
2015 My Last Film Ashley Qisqa metrajli film
2016 Café Society Ayol
2017 Baywatch C. J. Parker
2018 Ocean's 8 Oʻzi Kameo
2019 A Rainy Day in New York Terry

Televideniye tahrir

Yil Nom Rol Izohlar
2013 The New Normal Amber Qism: „Dairy Queen“
2013 Two and a Half Men Amber Qism: „Big Qism: Someone Stole a Spoon“
2013-14 Rizzoli & Isles Officer Charlotte „Charlie“ Hansen 2 qism
2013-15 The PET Squad Files Jayne Duncan 12 qism
2014 Rush Young hottie Qism: „Pilot“
2014 Love is Relative Emily Telefilm
2015 Deadbeat Beth Qism: „The Unholy Trinity“
2016 Broad City Alice Ackerman Qism: „Philadelphia“
2017 Angie Tribeca Laura Ashley Qism: „License to Drill“
2019 Yellowstone Cassidy Reid 2 qism

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir