Kennet Nlata Sema (1993-yil 30-sentyabrda tugʻilgan) — shvetsiyalik professional futbolchi, EFL chempionatining " Uotford „ klubi va Shvetsiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Ken Sema
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kenneth Nlata Sema[1]
Tavallud sanasi 30-sentyabr 1993-yil (1993-09-30) (30 yosh)
Tavallud joyi Norrköping, Shvetsiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Watford
Raqami 12
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2013 IFK Norrköping
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013 IFK Norrköping 0 (0)
2013IF Sylvia (Ijara) 22 (4)
2014-2015 Ljungskile SK 60 (11)
2016-2018 Östersunds FK 58 (8)
2018- Watford 72 (6)
2019-2020Udinese (Ijara) 32 (2)
Milliy terma jamoa
2016 Sjvetsiya Olimpiya jamoasi 4 (1)
2017- Shvetsiya 13 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-mart uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Ilk faoliyati tahrir

Sema 2013-yilda 19 yoshida Norrköping IFK asosiy jamoasiga koʻtarilgan. Biroq, u butun mavsumni IF Silviada[2] ijarada oʻtkazgan va mavsum oxirida ijara muddati tugaganidan keyin shartnomasini uzaytirmagan[3]. 2014-yilda u ikkinchi darajali Ljungskile SK jamoasi bilan shartnoma imzolagan[4].

Östersunds FK tahrir

2016-yil yanvar oyida Sema Allsvenskandagi Östersunds FK bilan shartnoma imzolagan[5]. U yerda u oʻzining katta muvaffaqiyatiga erishgan. Sema Östersund bilan 2016-17-yilgi Svenska kubogini qoʻlga kiritib, finaldagi toʻrtta golidan uchtasiga assistentlik qilgan[6]. Keyinchalik 2017-18 UEFA Yevropa Ligasi musobaqasida katta rol oʻynagan. 2018-yilning 22-fevralida Sema 32-turda “Arsenal" ga qarshi o‘yinda (2:1) gol urgan. Shunga qaramay, „Östersund“ umumiy hisobda 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, Yevropa Ligasidan chiqib ketgan[7].

Uotford tahrir

2018-yil 4-iyul kuni Östersunds FK rahbari Daniel Kindberg Sema Premer-liganing " Uotford " klubi bilan besh yillik shartnoma imzolashga yaqin ekanligini maʼlum qilingan[8]. Ertasi kuni „Uotford“ shartnomani tasdiqlagan[9]

Udineze ijara tahrir

2019-yilning 22-avgust kuni "Udineze Kalsio" Semani „ Uotford“dan bir mavsumga ijaraga olgan[10]. U 2019-yilning 25-avgustida "Milan"ga qarshi o‘yinda (1:0) „Udineze“ safida A Seriyada debyut qilgan[11].

Xalqaro faoliyati tahrir

2016-yilda Sema Braziliyada oʻynagan Shvetsiya olimpiya terma jamoasining aʼzosi boʻlgan va oʻzining birinchi U23 golini Janubiy Koreya Olimpiada jamoasiga qarshi oʻyinda urgan. 2017-yil yanvar oyida u Shvetsiya kattalar jamoasi safida Slovakiya ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[12].

Sema 2017-yilning noyabrida Italiyaga qarshi oʻtkazilgan ikki oʻyin pley-offida zaxira oʻrindigʻida qolgan, bunda Shvetsiya gʻalaba qozongan va shu sababli 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanma olgan. Jahon chempionatidan oldin Shvetsiya terma jamoasining qolgan aʼzolari bilan reklama roliklarida suratga tushganiga qaramay, Sema oxir-oqibat Jahon chempionati tarkibidan chetda qolgan[13][14].

Sema xalqaro miqyosdagi debyutini UEFA Yevro-2020 saralash bosqichi doirasida Farer orollari milliy futbol jamoasiga qarshi oʻtkazgan va Shvetsiya 3:0 hisobida gʻalaba qozongan[15].

Shaxsiy hayot tahrir

Sema Shvetsiyada tugʻilgan. Uning ota onasi kongolik. Uning ukasi Maic Sema ham futbolchi[16].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Divizion Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Qitʼa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
IFK Norrköping 2013 Allsvenskan 0 0 0 0 0 0
IF Sylvia (Ijara) 2013 Division 1 Södra 22 4 0 0 22 4
Ljungskile SK 2014 Superettan 30 7 6 0 36 7
2015 Superettan 30 4 4 3 34 7
Jami 60 11 10 3 0 0 70 14
Östersunds FK 2016 Allsvenskan 23 4 3 0 0 0 26 4
2017 Allsvenskan 24 4 5 0 13 1 42 5
2018 Allsvenskan 11 0 0 0 0 0 11 0
Jami 58 8 8 0 13 1 79 9
Watford 2018-19 Premier League 17 1 2 0 2 0 21 1
2019-20 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0
2020-21 Championship 41 5 1 0 1 1 43 6
2021-22 Premier League 7 0 0 0 2 0 9 0
Jami 65 6 3 0 5 1 73 7
Udinese (Ijara) 2019-20 Serie A 32 2 1 0 0 0 33 2
Karyerada jami 237 31 22 3 5 1 13 1 277 36

Xalqaro tahrir

Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Shvetsiya 2017 1 0
2018 5 0
2019 1 0
2020 2 0
2021 4 0
Jami 13 0

Yutuqlar tahrir

Östersund

  • Svenska Kupen : 2016-17

Manbalar tahrir

  1. „Comunicato Ufficiale N. 216“ [Official Press Release No. 216]. Lega Serie A (2020-yil 10-mart). 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyul.
  2. Stråhle. „Nio IFK-spelare i Sylvias trupp“ (2013-yil 3-aprel).
  3. „Sema om nobben: "Klart jag var sur"“.
  4. „Sema och Björlund klara“. 2014-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Ken Sema bekräftar övergången till ÖFK: "Jag är klar"“ (2016-yil 5-yanvar).
  6. „Östersund vann Svenska Cupen“.
  7. „Arsenal 1-2 Oestersunds FK - UEFA Europa League 2017/2018 Live“. WhoScored.com.
  8. Gray. „Ostersund confirm Sema's Watford switch“. Watford Observer (2018-yil 4-iyul).
  9. „Official: Sema Signs On“. Watford F.C.. 2018-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-iyul.
  10. „Watford winger Sema completes Udinese loan switch“ (en). Evening Standard (2019-yil 22-avgust). Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.
  11. „Vinst mot Milan för Sema i Serie A-debuten“ (sv). DN.SE (2019-yil 25-avgust). Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.
  12. „Sweden 6 - 0 Slovakia - Football“. The Guardian.
  13. „Sveriges trupp till fotbolls-VM 2018 – här är alla som får åka till Ryssland“.
  14. „Märkliga Ica-bilderna: "Har blivit reaktioner"“.
  15. „Sema om EM-jakten: "Måste jobba hårt för det" – Corren“ (2019-yil 18-noyabr). 2023-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
  16. Sjöö. „ÖFK:s nyförvärv Ken Sema i stor intervju – hyllar föräldrarna: "De flyttade till Sverige för att ge sina barn ett bra liv"“ (2016-yil 5-fevral).