Kenan Pirić (talaffuzi: Kenan Pirich; 1994-yil 7-iyulda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Kipr birinchi divizioni AEK Larnaca klubi va Bosniya va Gersegovina milliy terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Kenan Pirić
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 7-iyul 1994-yil (1994-07-07) (29 yosh)
Tavallud joyi Tuzla, Bosniya va Gersegovina
Boʻyi 1.92 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AEK Larnaca
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sloboda Tuzla
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2013 Gradina 16 (0)
2013—2014 Gent 0 (0)
2014—2017 Sloboda Tuzla 60 (0)
2017—2018 Zrinjski Mostar 43 (0)
2018—2021 Maribor 46 (0)
2021 Atromitos 11 (0)
2022 Göztepe 4 (0)
2022— AEK Larnaca 4 (0)
Milliy terma jamoa
2013—2016 Bosniya va Gersegovina U21 12 (0)
2018— Bosniya va Gersegovina 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 22-sentyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Pirić ona shahri Sloboda Tuzla klubining yoshlar akademiyasi orqali asosiy jamoaga kelgan. 2012-yilning iyun oyida Gradinaga oʻtgan[1]. Oʻsha yilning 25-avgustida 18 yoshida Veležga qarshi professional debyutini oʻtkazdi[2].

2013-yilning avgustida Pirić Belgiyaning Gent jamoasi bilan shartnoma imzoladi[3]. 2014-yilning yozida Sloboda Tuzlaga qaytdi[4]. 2017-yil fevral oyida Pirić Zrinjski Mostarga oʻtdi[5].

2017-yilning 13-dekabrida Sloveniyaning Maribor jamoasi Pirić keyingi mavsumda o‘z safiga qo‘shilishini eʼlon qildi[6]. 2018-yilning 29-iyulida Muraga qarshi o‘yinda jamoa safida debyut qildi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi[7]. 2019-yilning 15-mayida Maribor bilan liga chempioni boʻlib, birinchi kubokni qo‘lga kiritishdi[8].

2021-yilning iyul oyida Pirić Gretsiyaning Atromitos jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[9]. 12-sentabr kuni Olimpiacosga qarshi o‘yinda jamoa safida debyut qildi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi[10]. Dekabr oyi oxirida Atromitos bilan shartnomasini bekor qildi[11].

2022-yilning yanvarida Pirić bir yarim yillik shartnoma asosida Turkiyaning Göztepe jamoasiga oʻtdi[12]. Klubdagi rasmiy debyutini 3-aprel kuni Konyasporga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[13].

2022-yil iyun oyida Kiprning AEK Larnaca jamoasiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi[14].

Xalqaro faoliyati tahrir

Pirić Bosniya va Gersegovinaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. 2015- va 2016-yillarda 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi 2017-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida yettita oʻyinda maydonga tushdi[15]. Murabbiy Vlado Jagodić qoʻl ostida jamoa sardori sifatida ham oʻynagan[16].

2016-yilning may oyida Pirić Ispaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini va 2016-yilgi Kirin kubogi uchun birinchi marta chaqiruv oldi[17]. 2018-yilning 31-yanvarida Meksikaga qarshi oʻyinda debyutini oʻtkazdi[18].

Shaxsiy hayoti tahrir

Pirić 2018-yil dekabr oyida sevgilisi Erinaga uylandi. Ularning Eman ismli oʻgʻli bor[19].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

18-sentyabr, 2022-yil[20]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Gradina 2012—2013 Bosniya Premyer-ligasi 16 0 0 0 16 0
Sloboda Tuzla 2014—2015 Bosniya Premyer-ligasi 17 0 1 0 18 0
2015—2016 Bosniya Premyer-ligasi 28 0 7 0 35 0
2016—2017 Bosniya Premyer-ligasi 15 0 2 0 2[lower-alpha 1] 0 19 0
Jami 60 0 10 0 2 0 72 0
Zrinjski Mostar 2016—2017 Bosniya Premyer-ligasi 14 0 0 0 14 0
2017—2018 Bosniya Premyer-ligasi 29 0 0 0 2[lower-alpha 2] 0 31 0
Jami 43 0 0 0 2 0 45 0
Maribor 2018—2019 Sloveniya PrvaLigasi 20 0 5 0 0 0 25 0
2019—2020 Sloveniya PrvaLigasi 26 0 1 0 8[lower-alpha 3] 0 35 0
2020—2021 Sloveniya PrvaLigasi 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 46 0 6 0 8 0 60 0
Atromitos 2021—2022 Gretsiya Superligasi 11 0 0 0 11 0
Göztepe 2021—2022 Süper Lig 4 0 0 0 4 0
AEK Larnaca 2022—2023 Kipr birinchi divizioni 4 0 0 0 7[lower-alpha 4] 0 11 0
Jami faoliyati 184 0 16 0 19 0 219 0
  1. Appearances in UEFA Europa League
  2. Appearances in UEFA Champions League
  3. Six appearances in UEFA Champions League, two appearances in UEFA Europa League
  4. Two appearances in UEFA Champions League, five appearances in UEFA Europa League

Xalqaro tahrir

6-iyun, 2021-yil[21]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Bosniya va Gersegovina 2018 1 0
2019 1 0
2020 2 0
2021 2 0
Jami 6 0

Yutuqlari tahrir

  • Bosniya Premyer-ligasi: 2016—2017, 2017—2018

Maribor

Manbalar tahrir

  1. „Kenan Pirić iz Slobode u Gradinu“ (bs). sportsport.ba (2012-yil 30-iyun). Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  2. „Velež kontrama slomio Gradinu“ (bs). sportsport.ba (2012-yil 25-avgust). Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  3. „Dijete Slobode: Kenan Pirić potpisao za Gent!“ (bs). tuzlanski.ba (2013-yil 30-avgust). Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  4. „Pirić potpisao novi ugovor sa Slobodom“ (bs). sportsport.ba (2015-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  5. „Službeno: Kenan Pirić potpisao za Zrinjski“ (bs). reprezentacija.ba (2017-yil 1-fevral). Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  6. „Doumbia od januarja, Pirič od junija“ (sl). NK Maribor (2017-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  7. „Pirić debitovao za Maribor, ali ipak ne može biti zadovoljan“ (bs). sportsport.ba (2018-yil 29-iyul). Qaraldi: 2018-yil 30-iyul.
  8. „Gol i asistencija Mešanovića za novu titulu Maribora“ (bs). sportsport.ba (2019-yil 15-may). Qaraldi: 2019-yil 18-may.
  9. „Kenan Pirić karijeru nastavlja u Grčkoj“ (bs). reprezentacija.ba (2021-yil 9-iyul). Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
  10. „Kenan Pirić debitovao za Atromitos, na gostovanju kod Olympiacosa sačuvao mrežu“ (bs). faktor.ba (2021-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
  11. „Golman naše reprezentacije raskinuo ugovor sa klubom“ (bs). sport.avaz.ba (2021-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 16-iyun.
  12. „Kenan Pirić potpisao za Göztepe“ (bs). sportsport.ba (2022-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
  13. „Bh. trio sa Konyasporom slavio protiv Göztepea u debitantskom nastupu Pirića“ (bs). scsport.ba (2022-yil 3-aprel). Qaraldi: 2022-yil 16-iyun.
  14. „Kenan Pirić potpisao dvogodišnji ugovor na Kipru“ (bs). sport.avaz.ba (2022-yil 16-iyun). Qaraldi: 2022-yil 16-iyun.
  15. „Kenan Pirić » U21 EURO Qualifiers 2015/2016“ (en). worldfootball.net. Qaraldi: 2019-yil 3-sentyabr.
  16. „Kenan Pirić dobio poziv u reprezentaciju BiH“ (bs). faktor.ba (2017-yil 8-mart). Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  17. „Baždarević objavio spisak Zmajeva za Španiju i Kirin kup: Bez Ibiševića, Lulića i Bičakčića“ (bs). klix.ba (2016-yil 20-may). Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  18. „BiH se nije mogla odbraniti: Meksiko zasluženo slavio“ (bs). sportsport.ba (2018-yil 1-fevral). Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  19. „Oženio se reprezentativac BiH Kenan Pirić“ (bs). sportsport.ba (2018-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 17-dekabr.
  20. „K. Pirić“. soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  21. „Kenan Pirić“. eu-football.info. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.