Khushi Kapoor (2000-yil 5-noyabr) – koʻplab hind filmlarida suratga tushgan aktrisa. Aktrisa Sridevi va prodyuser Boney Kapur oilasida tugʻilgan. U 2023-yilda „The Archies“ filmida Betty Cooper rolini ijro etish orqali filmlardagi debyutini qilgan[2][3].

Khushi Kapoor

Khushi Kapoor 2023-yilda
Tavalludi 5-noyabr 2000-yil (2000-11-05) (23 yosh)[1]
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2023–hozirgi kungacha
Otasi Boney Kapoor
Onasi Sridevi

Hayoti

tahrir

Khushi Kapoor 2000-yil 5-noyabr Hindistonning Mumbay shahrida tugʻilgan[4][5]. Uning otasi kino prodyuseri Boney Kapoor, marhum kinorejissyor Surinder Kapoorning oʻgʻli, onasi esa marhum aktrisa Sridevi. U kino aktyorlari Anil Kapoor va Sanjay Kapoorning jiyani[6]. Uning bitta opasi, aktrisa Janhvi Kapoor] va otasining prodyuser Mona Shourie Kapoor bilan birinchi nikohidan tugʻilgan ikkita oʻgay ukasi, aktyor Arjun Kapoor va Anshula Kapoor bor[7]. Aktrisa Sonam Kapoor, aktyor Mohit Marwah hamda prodyuser va aktrisa Rhea Kapoor uning amakivachchalari hisoblanadi. Khushi 17 yoshida onasidan ayrilgan, u Dubayda tasodifan choʻkib ketishi oqibatida vafot etgan[8][9].

Kapoor Mumbaydagi École Mondiale xalqaro maktabida oʻqigan[10]. Keyin esa, 2019-yilda Nyu-York shahridagi Nyu-York kino akademiyasida bir yillik aktyorlik kursini tamomlagan[11].

Faoliyati

tahrir

Khushi Kapoor oʻzining aktrisalik faoliyatidagi debyutini 2016-yilda youTube orqali namoyish etilgan „Bhasm Ho: Pyaar Ka Takraar“ nomli qisqa metrajli filmda qilgan[12]. Filmda u Pinki Kashyup rolini ijro etgan. 2020-yilda u „Speak Up“ nomli qisqa metrajli filmda Naina rolini oʻynagan[11]. 2023-yilda u Betty Cooper rolini ijro etgan „The Archies“ nomli hind filmida toʻliq metrajli filmlardagi debyutini qilgan[13]. Film 2023-yil dekabr oyida Netflix orqali namoyish etilgan[14]. Rediff.com sayti muxbiri Sukanya Verma U haqida shunday degan: „Khushi Kapoor yoqimli tabassumi bilan porlab turadi va bu orqali u yoqimtoy koʻrinadi. Lekin u oʻzini biroz erkin qoʻyishi va kameraga qoʻshimcha yana nimadir berishi kerak“[15]. „The Hindu“ jurnali muxbiri Shilajit Mitra Kapoorni oʻzining gʻamgin, pardozsiz ijrosi bilan „eng samarali“ aktrisalardan biri deb aytgan[16].

Khushi 2024-yilda premyera qilinishi kutilayotgan va Dharma Productions studiyasi tomonidan suratga olinayotgan „Naadaniyaan“ filmida aktyor Ibrahim Ali Khan bilan birgalikda bosh rollarni ijro etagan[17][18].

Mediada

tahrir

2024-yilda Khushi Kapoor GQ jurnali tomonidan eʼlon qilingan „Eng nufuzli 35 nafar yosh hindistonliklar“ roʻyxatiga kiritilgan[19]. Aktrisalik faoliyatidan tashqari, Kapoor Sol de Janeyro va Myntra kabi brendlar va mahsulotlarning brend yuzi hisoblanadi[20][21]. Uning surati 2023-yilda Cosmopolitan India jurnali muqovasida chiqarilgan[22].

Filmografiyasi

tahrir
 
Khushi Kapoor Manish Malhotraning modalar koʻrgazmasida (2018)
Yil Film Rol Izoh Manba
2016-yil Bhasm Ho: Pyaar Ka Takraar Pinki Kashyup Qisqa metrajli film [23]
2020-yil Speak Up Naina Qisqa metrajli film [11]
2023-yil The Archies Betty Cooper [24]
2024-yil Naadaniyaan   Tugallangan [25]
2025-yil Untitled romantic comedy   Suratga olinmoqda [26]

Manbalar

tahrir
  1. Das, Garima „Khushi Kapoor's Birthday Special: 6 Times The Young Starlet Left Us In Awe Of Her Glamorous Looks And Fashion Moments“ (en). Outlook India (2023-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.
  2. „Here's why Khushi Kapoor was the right choice for playing the character of Betty Cooper in Netflix's 'The Archies'“. Firstpost (2023-yil 10-dekabr). 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-dekabr.
  3. Ramachandran, Naman „Bollywood's Next Generation Stars Debuting in Netflix's 'The Archies'“ (en-US). Variety (2022-yil 14-may). 2023-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-dekabr.
  4. „Boney and Sridevi's daughter called Khushi“. Rediff.com. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-sentyabr.
  5. „Inside photos and videos from Khushi Kapoor’s 23rd birthday celebrations“. The Indian Express (2023-yil 5-noyabr). 2023-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  6. „In pics: The Boney-Anil-Sanjay Kapoor Family Tree“. CNN (2012-yil 7-fevral). 2015-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-iyun.
  7. „Janhvi Kapoor talks about gaining Arjun Kapoor and Anshula as siblings at later stage in life“. Hindustan Times (2022-yil 23-aprel). 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  8. Habib, Shanhaz „Sridevi obituary“. The Guardian (2018-yil 27-fevral). 2018-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-mart.
  9. „Boney Kapoor, daughters Jahnvi and Khushi immerse Sridevi's ashes in Rameswaram. See pic“. Hindustan Times (2018-yil 4-mart). 2019-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-mart.
  10. „Suhana Khan to Khushi Kapoor: Star kids who went to Dhirubhai Ambani International School; Know about the fee structure and other facilities“ (en). Financialexpress (2023-yil 22-dekabr). 2023-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  11. 11,0 11,1 11,2 „NYFA Alumni - Khushi Kapoor (Actor)“ (en). New York Film Academy. 2023-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  12. „Bhasm Ho: Pyaar Ka Takraar“. YouTube (2016-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 12-sentyabr.
  13. Keshri, Shweta. „Suhana Khan, Khushi Kapoor, Agastya Nanda's The Archies first-look poster and teaser is out“. India Today (2022-yil 14-may). 2022-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  14. „The Archies starring Suhana Khan, Agastya Nanda, Khushi Kapoor to premiere on Netflix on December 7, 2023; see unique announcement“. Bollywood Hungama (2023-yil 29-avgust). 2023-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-avgust.
  15. Verma, Sukanya The Archies Review: Return To Innocence“. Rediff.com (2023-yil 7-dekabr). 2023-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-dekabr.
  16. Mitra, Shilajit „The Archies movie review: Too basic, but the kids are all right“. The Hindu (2023-yil 7-dekabr). 2023-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-dekabr.
  17. „Khushi Kapoor, Ibrahim Ali Khan's rom-com Dharma film titled 'Naadaniyaan': Report“ (en-us). Firstpost (2024-yil 16-fevral). Qaraldi: 2024-yil 7-aprel.
  18. „Ibrahim Ali Khan and Khushi Kapoor kick off rom-com journey with Karan Johar“. Bollywood Hungama (2024-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 22-yanvar.
  19. „Meet GQ's Most Influential Young Indians of 2024“. GQ India (2024-yil 25-aprel). Qaraldi: 2024-yil 27-aprel.
  20. „Khushi Kapoor on board as brand ambassador for Brazilian body care brand Sol De Janeiro“. Bollywood Hungama (2023-yil 12-oktyabr). 2023-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  21. „Khushi Kapoor and Vedang Raina collaborate on an exciting new project“. Film Companion (2023-yil 28-iyul). 2023-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
  22. Giri, Aditi. „Sexy! Khushi Kapoor Sizzles In A Deep-Neck Corset For A Magazine Cover, Hot Photo Goes Viral; See Here“. News18 (2023-yil 18-dekabr). 2023-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
  23. „Bhasm Ho: Pyaar Ka Takraar“. YouTube (2016-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 12-sentyabr.
  24. „Zoya Akhtar announces 'The Archies' schedule wrap; Khushi Kapoor bids Ooty goodbye with happy pics featuring Suhana Khan, Vedang Raina and co-stars“. The Times of India (2022-yil 19-iyun). 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-dekabr.
  25. „Has Khushi Kapoor wrapped up 'Naadaniyaan' with Ibrahim Ali Khan? see pics inside“. The Times of India (2024-yil 6-aprel). Qaraldi: 2024-yil 7-aprel.
  26. „Junaid Khan begins shooting three-week shoot schedule for romantic comedy opposite Khushi Kapoor in Mumbai“. Bollywood Hungama (2024-yil 28-may). Qaraldi: 2024-yil 31-may.

Havolalar

tahrir