Kia Abdullah
Kia Abdullah | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
17-may 1982-yil Mile End, Tower Hamlets, London, Angliya |
Fuqaroligi | Britaniyalik |
Kasbi | Romannavis, yozuvchi |
Faoliyat yillari | 2006-yildan boshlab, hozirgi paytgacha |
Turmush oʻrtogʻi | Peter Watson |
Veb-sayti | kiaabdullah.com |
Kia Abdullah (1982-yil 17-mayda tugʻilgan) — britaniyalik yozuvchi va sayohatchi. Uning eng mashxur asarlari "Take It Back" (HarperCollins, 2019),[1][2] Truth Be Told (HarperCollins, 2020)[3] va Next of Kin (HarperCollins, 2021)[4] boʻlib, ushbu dramalari eng koʻp sotilgan muallif sanaladi. The New York Times,[5] The Guardian,[6] The Times ,[7] The Financial Times,[8] The Telegraph[9] va BBC[10] va boshqa nashrlarda ham ijod naʼmunalari chop etilgan.[11][12][13][14]
Biografiyasi Tahrirlash
Abdullahning oilasi asli Bangladeshdan boʻlib, u Londonning Tower Hamlets tumanida sakkiz farzandli oilada tugʻilib oʻsgan.[15]
Taʼlim olishi Tahrirlash
Abdullah Angliyada tahsil olgan. U Queen Meri va London universitetini kompyuter fanlari boʻyicha bakalavr yoʻnalishini birinchi daraja bilan tamomlagan.[16] Uning diplom ishi dissertatsiyasi mavzusi A Program Slicing Tool for Analysing Java Programs deb nomlangan.[17] Abdullahning IQ darajasi 150 ga teng.[18] U Mensa International aʼzosi boʻlgan. Mensa Internation IQ darajasi 98 foizidan yuqori boʻlgan odamlar uchun ochiq boʻlgan notijorat tashkilot boʻlib, Abdullah bu tashkilotga qoʻshilganidan keyin bir yil ichida tark etdi.
Karyera Tahrirlash
Abdullah 2003-yilda o‘qishni tamomlab, shundan so‘ng u uch yil texnologiya sohasida ishlagan. 2007-yilda u yozuvchi sifatida karyerasini davom ettirish uchun texnologiya sohasidagi ishini tashlagan. Shundan soʻng uning maoshi 50 % ga qisqarib ketadi.[19]
2008-yildan 2010-yilgacha Abdullah The Guardian uchun siyosatdan tortib munosabatlargacha bo‘lgan qator mavzular haqida turkum maqolalar yozadi.[6] U, shuningdek, „Asian Woman“ jurnalida intervyu oluvchi boʻlib ishlagan va bu vaqt mobaynida u Riz Ahmed, Meera Syal, Nitin Savwhney, Jay Sean va Anushka Shankar kabi taniqli osiyolik aktyor va musiqachilardan intervyu olgan.
Abdullah BBC Radio 2 ning Jeremy Vine shousi va BBC Asian Networkning DJ Nihal shoularida vaqti-vaqti bilan mehmon boʻlgan va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish va gender tengsizliklari haqida bir ochiq gaplar gapirgan.[20][21][22][23] 2009-yilda u Musulmon yozuvchilar mukofotiga nomzod boʻlgan.[24] 2011-yilda u Twitterdagi mojaroga aralashib qoldi.[25]
2012-yilda u global nashriyot Penguin Random House ishga oʻtdi va u yerda Rough Guidesning sayohat brendida ishladi. 2014-yilda Abdullah o‘z ishini tashlab, oyiga 250 000 kishi o‘qiydigan Atlas & Boots nomli ochiq sayohat blogini yaratdi.[26] Abdullah „Lonely Planet“[27] va "Rough Guides[28] nashrlariga oʻz hissasini qoʻshgan va oʻzining sayohatlari haqida televideniya, radio, bosma va internet nashrlarida intervyular bergan.[29][30][31][32]
2019-yilda Abdullah The Guardian, The Telegraph va The Sunday Times gazetalari tomonidan yuqori eʼtirof etilgan, jinoyat va triller romanlaridan biri sifatida tanlab olingan Take It Back romanini nashr etdi.[33][34][35]
2020-yilda u oʻquvchilarga Britaniya-Osiyo mualliflarining yangi kitoblarini topishga yordam beradigan Asian Booklist veb-saytiga asos soldi.[36] Abdullahning ikkinchi romani „ Truth Be Told“ 2020-yilda HarperCollins nashriyotida chop etilgan[37] va natijada „Diverse Book Award“ mukofoti uchun roʻyxatga kiritilgan.[38]
Uning uchinchi romani „Next of Kin“ 2021-yil sentyabr oyida nashr etilgan. U The Times Book of the Month[39] deb nomlangan va CWA Gold Dagger roʻyxatiga kiritilgan.[40] Uning toʻrtinchi romani „hose People Next Door“ esa 2023-yilda nashr etilishi moʻljallangan.[41]
Shaxsiy hayoti Tahrirlash
Abdullah britaniyalik sayohatchi fotograf Peter Watson bilan hozir ham munosabatda.[42] Abdullah musulmon boʻlib tugʻilib oʻsgan. 2020-yilda u oʻzini madaniy musulmon deb bilishini aytgan.[37]
Bibliografiya Tahrirlash
Romanlari
- 2019: Take It Back
- 2020: Truth Be Told
- 2021: Next of Kin
- 2023: Those People Next Door
Foydalanilgan adabiyotlar Tahrirlash
- ↑ Take It Back. ASIN 0008314675.
- ↑ „Author to donate profits of pre-orders of her novel to food bank“ (en). The Northern Echo. Qaraldi: 14-avgust 2021-yil.
- ↑ Truth Be Told on Amazon. ASIN 0008314721.
- ↑ Abdullah, Kia. Next of Kin: the brand new gripping and shocking legal thriller that you won’t want to miss in 2021!, 2021-09-02.
- ↑ „Childless in a Houseful of Children“. The New York Times. Qaraldi: 15-sentyabr 2017-yil.
- ↑ 6,0 6,1 „Kia Abdullah“. the Guardian. Qaraldi: 12-avgust 2016-yil.
- ↑ Dowle, Jayne. „Moving to the big city: For some buyers, living in the countryside isn't all it's cracked up to be“ (en). Qaraldi: 4-iyul 2020-yil.
- ↑ „Fantasy home: an escape to nature inspired by Anne of Green Gables“ (en). propertylistings.ft.com. Qaraldi: 1-iyul 2021-yil.
- ↑ „Why I agreed to marry a man I'd met only once“. The Telegraph (16-avgust 2019-yil).
- ↑ „CBBC - Snaps, Series 1, Listen, Dad“ (en-GB). BBC. Qaraldi: 1-iyul 2021-yil.
- ↑ „It is possible to be a secular Muslim“ (en). inews.co.uk (6-iyul 2020-yil). Qaraldi: 1-iyul 2021-yil.
- ↑ „Finding Freedom in Writing a Language My Parents Can't Read“ (en-US). Literary Hub (1-may 2019-yil). Qaraldi: 10-iyul 2020-yil.
- ↑ „What I needed as a working-class writer | The Bookseller“. www.thebookseller.com. Qaraldi: 10-iyul 2020-yil.
- ↑ „Crime by Committee: 8 Novels Featuring Group Misdeeds“ (en-US). CrimeReads (8-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 1-iyul 2021-yil.
- ↑ „About | Kia Abdullah“ (en-GB). 16-sentyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-avgust 2016-yil.
- ↑ „Alumni profile - Kia Abdullah“. QMUL.
- ↑ „A Program Slicing Tool for Analysing Java Programs“. Kia Abdullah (28-aprel 2003-yil).
- ↑ „Is joining Mensa a smart move?“ (en-GB). The Guardian (31-may 2010-yil). Qaraldi: 12-avgust 2016-yil.
- ↑ „Alumni profile - Kia Abdullah - Queen Mary University of London“. www.qmul.ac.uk. Qaraldi: 1-iyul 2021-yil.
- ↑ „British Bangladeshis battle against drugs“. BBC News. Qaraldi: 12-avgust 2016-yil.
- ↑ „Kia Abdullah“. IMDb. 16-sentyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-avgust 2016-yil.
- ↑ „Writing Wrongs“. Asiana magazine. 7-oktyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Kia Abdullah on writing Child's Play – The Asian Writer“. theasianwriter.co.uk. Qaraldi: 12-avgust 2016-yil.
- ↑ „Museum of Awards – 2009 | Young Muslim Writers Awards“. ymwa.org.uk. Qaraldi: 12-avgust 2016-yil.
- ↑ „Writer Kia Abdullah mocks death of gap year students on Twitter“ (en-GB). The Telegraph. Qaraldi: 15-fevral 2021-yil.
- ↑ „Kia Abdullah – Author, travel writer, seven of nine“ (en-GB). Qaraldi: 10-iyul 2020-yil.
- ↑ Planet. „Best places to travel in June 2016 - Lonely Planet“ (2-mart 2016-yil). Qaraldi: 12-avgust 2016-yil.
- ↑ „Travel Features by Kia | Rough Guides“. 2-sentyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-avgust 2016-yil.
- ↑ Atlas & Boots (2016-01-22), Atlas and Boots interview on London Live, 2020-05-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-08-12
- ↑ Graeme Kemlo Speaks To Adventure Travellers Kia Abdullah And Peter Watson, qaraldi: 2016-08-12
- ↑ „Get Lost magazine“.
- ↑ „Peter & Kia | Hero and Leander“ (en-US) (2-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 12-avgust 2016-yil.
- ↑ Wilson. „The best recent crime and thrillers – review roundup“. The Guardian (23-avgust 2019-yil).
- ↑ Kerridge. „The 26 best thrillers and crime novels of 2019 so far“. The Telegraph (6-sentyabr 2019-yil).
- ↑ Dugdale. „The best new thrillers“. The Sunday Times (8-sentyabr 2019-yil).
- ↑ „Asian Booklist: my response to the exhausting diversity debate | The Bookseller“. www.thebookseller.com. Qaraldi: 10-iyul 2020-yil.
- ↑ 37,0 37,1 „It is possible to be a secular Muslim“ (en). inews.co.uk (6-iyul 2020-yil). Qaraldi: 10-iyul 2020-yil.
- ↑ „Makumbi, Wheatle and Adeola shortlisted for Diverse Book Awards“ (En). The Bookseller. Qaraldi: 23-aprel 2022-yil.
- ↑ Owen, James. „The best new thrillers for September 2021 — is Robert Peston’s debut worth reading?“ (en). Qaraldi: 23-aprel 2022-yil.
- ↑ „Hawkins, Billingham, Hallett and Banville on CWA Dagger longlists“ (En). The Bookseller. Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
- ↑ „Those People Next Door“. Amazon UK.
- ↑ „Introducing Atlas & Boots | Royal Robbins Blog“ (en-US) (4-sentyabr 2014-yil). 10-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-avgust 2016-yil.