Kia Goodwin
Kia Joy Goodwin – amerikalik aktrisa. U oʻzining bolalik paytida ijro etgan ikki fasl (1985—1987) davom etgan NBCda efirga uzatilgan 227 nomli komedik sitkomida Rose Hollowayning qizi Tiffany Holloway roli bilan mashhur.
Kia Goodwin | |
---|---|
Tavalludi |
Kia Joy Goodwin 2-avgust 1973 |
Fuqaroligi | AQSh |
Faoliyat yillari | 1976—hozirgacha |
Faoliyati
tahrirGoodwin oʻzining dastlabki televizion koʻrinishini 1976-yilda M&M’s, Jello Pudding va AT&T kabi mahsulotlar uchun tijorat maqsadida reklama roliklarida amalga oshirgan. 1981-yilda esa Annie birinchi milliy sayohat kompaniyasiga Duffy rolini ijro etgan. 1982-yilda gastrol yopilgandan soʻng, Tessie va keyinchalik Kate rollarini ijro etgan holda Annie pyessasining Broadwaydagi yakuniy aktyorlar tarkibiga qoʻshiladi. Shu bilan birga, u 1981-yili ABC Afterschool Special dasturida ishlashni davom ettiradi. 1984-yilda esa Growing Up on Broadwayda paydo boʻldi.
1985-yilning bahorida Goodwin NBC 227 nomli sitkomida Tiffany Holloway rolini shouning birinchi mavsumida muntazam serial sifatida ijro etdi. Goodwinning onasi oʻzini Californiada baxtsiz his qiladi va New Yorkka qaytishga qaror qiladi. Shu sababli, aktrisa shartnomasini bekor qilishga va ikkinchi mavsumdan keyin serialni tark etishga majbur boʻladi[1].
U 1993-yilda HBO telekanalining Strapped teleserialida Latisha Jordan rolida suratga tushgan[2]. 1998-yilda u yana Broadwayda Paul Simonning The Capeman musiqiy filmida paydo boʻldi. Oʻsha yili u Jennifer Aniston bilan huddi shu yili The Object of My Affection filmida rol oʻynadi. Ikki yil oʻtgach, u 2000-yilda The Opportunists filmida yosh hamshira sifatida koʻrinish beradi. Shuningdek, u Jake In Progress, Platinum, Barbershop, Law & Order: Special Victims Unit hamda Law & Order kabi teleseriallarda ham maxsus mehmon rollarni ijro etgan.
Filmografiyasi
tahrirFilmlarda
tahrirYil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
1998 | The Object of My Affection | Juliet | |
1999 | The Opportunists | yosh hamshira | |
2001 | Ordinary Sinner | Deborah | |
2002 | New World Order | Tommi | |
2002 | Swimfan | Rene | |
2012 | You're Nobody 'til Somebody Kills You | Michelle Malone | |
2019 | DC Noir | xonim Harris |
Televizion rollari
tahrirYil | Sarlavha | Rol |
---|---|---|
1981, 1993 | ABC Afterschool Special | Stephanie / Marlen |
1985-1988 | 227 | Tiffany Holloway |
1993 | Strapped | Latisha Jordan |
2001, 2015 | Law & Order: SVU | Audrey Thompson / Shari |
2003 | Platinum | xonim Bryce |
2005 | Jake in Progress | Tracy Dawson |
2005-2006 | Barbershop | Da Boot |
2007 | Law & Order | Kendra Washington |
2013-2015 | The Good Wife | Sondra |
2015 | Show Me a Hero | Elaine Henderson |
2016 | Elementary | Yvette Ingram |
2018 | The Plug | Helen |
2019 | The Code | Antoinette 'Toni' Poirier |
Manbalar
tahrir- ↑ Holder, Frank. This Day In Comedy: The Ethnic Encyclopedia of Laughter (arabcha). TrineDay, 4-noyabr 2019-yil. ISBN 978-1-63424-263-9.
- ↑ Fearn-Banks, Kathleen. The A to Z of African-American Television (inglizcha). Scarecrow Press, 4-avgust 2009-yil. ISBN 978-0-8108-6348-4.