Kichkina xoʻjayin
Kichkina xoʻjayin (inglizcha: The Boss Baby) 2017-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda DreamWorks Animation mahsuloti boʻlgan 3D formatidagi va komedik janrdagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Film distributori 20th Century Fox hisoblanib, film rejissori Tom McGrath, shuningdek, bosh qahramonlarga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Alec Baldwin, Steve Buscemi, Jimmy Kimmel, Lisa Kudrow va Miles Bakshi kirishadi. Film bir bolaning kattalarning mehri uchun kechayotgan kichkintoylar va kuchukchalar oʻrtasidagi jangda maxfiy agent boʻlgan goʻdak ukasiga bergan yordami haqida hikoya qiladi.
Kichkina xoʻjayin | |
---|---|
The Boss Baby | |
![]() Film posteri | |
Rejissor | Tom McGrath |
Produser | Ramsey Ann Naito |
Ssenariynavis(lar) | Michael McCullers |
Rollarda |
|
Sharhlovchi | Tobey Maguire |
Bastakor |
Hans Zimmer Steve Mazzaro |
Muharrir | James Ryan |
Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar |
DreamWorks Animation |
Distributor | 20th Century Fox |
Reliz sanasi | |
Davomiyligi | 97 daqiqa[1] |
Mamlakat |
![]() |
Til | inglizcha |
Budjet | $125 million[2] |
Daromad | $528 million[3] |
Keyingi film | The Boss Baby: Family Business |
Kichkina xoʻjayin filmi premyerasi Mayami xalqaro film festivalida 12-mart 2017-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda esa 31-mart 2017-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film budjeti $125 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $528 million daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, film Oscar, Annie va Oltin globus mukofotlarining „Eng yaxshi animatsion film“ nominatsiyalariga nomzod boʻlgan.
Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Kichkina xoʻjayin haqida 180 ta maqola yigʻilib, ulardan 53 foizi filmni ijobiy baholaydi.[4]
Bu filmdan soʻng, Netflix orqali tarqatilgan Katta xoʻjayin televizion animatsion seriali premyerasi 6-aprel 2018-yilda boʻlib oʻtdi. Shuningdek, filmning sikveli boʻlmish The Boss Baby: Family Business 2-iyul 2021-yilda chiqarildi.
MazmuniTahrirlash
7 yoshli xayolparast Timothy „Tim“ Templeton ota-onasining unga nisbatan kuchli eʼtiboridan lazzatlanadi va yangi ukasi kelganida bundan dahshatga tushadi. Tim ukasi boʻlmish bu goʻdak taksida kelganiga guvoh boʻladi, u kostyum kiygan va galstuk taqqan boʻlib, portfel koʻtarib yuradi, ammo kattalar yonida oʻzini odatdagi chaqaloqlardek tutadi, yaʼni kecha-yu kunduz eʼtibor talab qiladi, qorni ochiqsa yoki tagligi toʻlib qolsa yigʻlaydi. Biroq, Tim bu goʻdak kattalar ovozida gapirayotganini va oʻzini kattalardek tutayotgani guvohi boʻladi.
Kunlarning birida, qoʻshnilar Templetonlar xonadonida yigʻilishadi va fursatdan foydalanib, goʻdak boshqa kichkintoylar va chaqaloqlar bilan yigʻilish oʻtkazadi. Timothy ularning ovozini kasseta tasmasiga yozib olishga harakat qiladi, biroq uni goʻdak va uning oshnalari koʻrib qolishib, taʼqib qilishadi. Goʻdaklarning ota-onalari esa buni shunchaki hovlida oʻynayotgan kichkintoylar deb oʻylashadi. Goʻdak Timning sevimli oʻyinchoqlaridan biriga zarar yetkazganida, Tim jahl ustida uni derazadan otib yubormoqchi boʻladi, lekin ota-onasi uni tpxtatib qoladi va u tasodifan goʻdakning ovozi yozib olingan kasseta tasmasini koʻchaga uloqtirib yuboradi.
RollardaTahrirlash
Qahramon | Aktyor | Oʻzbekcha dublyaj |
---|---|---|
Boss Baby | Alec Baldwin | |
Francis E. Francis, Puppy Co. bosh direktori | Steve Buscemi | |
Ted Templeton (ota) | Jimmy Kimmel | |
Janice Templeton (ona) | Lisa Kudrow | |
Katta Tim / Sharhlovchi | Tobey Maguire | |
Timothy Leslie „Tim“ Templeton | Miles Christopher Bakshi | |
Wizzie | James McGrath | |
Eugene Francis | Conrad Vernon | |
Staci | ViviAnn Yee | |
Drillinge | Eric Bell Jr. | |
Jimbo | David Soren | |
Big Boss Baby | Edie Mirman |
ReliziTahrirlash
Mamlakat | Premyera sanasi |
---|---|
Avstraliya | 23-mart 2017-yil |
Fransiya | 29-mart 2017-yil |
Germaniya | 30-mart 2017-yil |
AQSh | 31-mart 2017-yil |
Birlashgan Qirollik | 1-aprel 2017-yil |
ManbalarTahrirlash
- ↑ „The Boss Baby“. British Board of Film Classification. Qaraldi: 9-mart 2017-yil.
- ↑ „The Boss Baby Tops Beauty and the Beast at Box Office for Second Week“. Screen Rant (9-aprel 2017-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2018-yil.
- ↑ „The Boss Baby (2017)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 29-aprel 2018-yil.
- ↑ „The Boss Baby (2017)“. Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.
- ↑ „IMDb International Release Dates“. IMDb (2-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.
HavolalarTahrirlash
Vikiomborda Kichkina xoʻjayin haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti
- The Boss Baby Fox Moviesda
- Kichkina xoʻjayin IMDbda
- Kichkina xoʻjayin The Big Cartoon DataBaseda
- The Boss Baby Rotten Tomatoesda
- The Boss Baby Box Office Mojoda