Kifoyat Muslimova
Kifoyat Muslimova (1916.1.5 -hozirgi Bishkek — 1996.20.4) — Oʻzbekiston xalq artisti (1954). Sahna faoliyatini 1933-yil Oʻsh oʻzbek musiqali drama teatrida boshlagan. 1934—37 yillar Toshkent ishchi yoshlar teatrida, 1937—87 yillar Samarqand oʻzbek musiqali drama va komediya teatrida ishlagan. M. oʻtkir harakterli obrazlarning yetakchi ijrochilaridan boʻlib, alohida mav-qega ega boʻlgan. Soʻzda qochirim M. ijodvda mu-him oʻrin tutgan. U yaratgan obrazlar oʻziga xosligi, toʻlaqonliligi, joʻshqin va ishonarli tasvirlanishi bilan ajralib turadi. Milfordxonim ("Makr va muhabbat"), Mehinbonu ("Farhod va Shirin"), Kabanixa ("Momaqaldiroq"), Xolnisa, Boʻston ("Shohi soʻzana", "Ayajonlarim"), Maysara ("Maysaraning ishi"), Surmaxon ("Yurak sirlari"), Ogudalova ("Sepsiz qiz"), Amaliya ("Otello"), Oydin opa ("Zarafshon qizi"), Risolat pari ("Toshbolta oshiq") kabi rollari bilan shuxrat qozongan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |