Kimyoviy bogʻ, yoki kimyoviy bogʻlanish — ikki yoki undan ko'p atomlarning oʻzaro taʼsiri natijasida kimyoviy barqaror sistemalar (molekulalar, radikallar, molekulyar ionlar, komplekslar, kristallar va b.) hosil boʻlishi.Asosan 2 xil boʻladi:

  • Ion (elektrovalent yoki geteropolyar) bogʻ — elementlarning atomlaridan biri elektron berib (yoʻqotib), musbat ionga aylanadi. Ikkinchi element atomi esa bu elektronni qabul qilib, manfiy ionga aylanadi; Soʻngra bu musbat va manfiy ionlar oʻzaro bog'lanib molekula hosil qiladi. Bunday molekulaning musbat va manfiy qutbi boʻlgani uchun u, geteropolyar yoki ion bogʻlanishli molekula deyiladi. Ion bogʻ xossalari bir-biridan katta farq qiladigan elementlar — asl metallar bilan metallmaslarning atomlari orasida (masalan: natriy xlorid NaCl yoki kalsiy ftorid CaF2 molekulasida) yuzaga keladi. Mendeleyev davriy sistemasining 1-guruh metallari 1 zaryadli (ion valentligi +1), 2-guruh metallari 2 zaryadli (ion valentligi +2) hos. Galogenlar, davriy sistemaning 7-guruh elementlari elektron qabul qilib, manfiy zaryadlangan (ion valentligi -1) 1 valentli ionlar, kislorod va xossalari oʻnga oʻxshash elementlar esa 2 ta elektron qabul qilib manfiy zaryadlangan (ion valentligi -2) 2 valentli ionlar hosil qiladi.

Kimyoviy bogʻlarning yuqorida keltirilgan asosiy xillari orasida oraliq shakllari ham bor.[1] 22ga bòladi

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil