Kinematika
Ushbu sahifani Kinematika va uning asosiy kattaliklari bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Kinematika (yunoncha kinema — harakat) — mexanikaning bir boʻlimi. Jism harakatini vujudga keltiruvchi kuchlarni hisobga olmagan holda jism harakatining geometrik xossalarini oʻrganadi. Oʻrganiladigan obyekt xossalariga koʻra, nuqta, qattiq jism, deformatsiyalanuvchi jism, tutash muhit (gaz, suyuqlik, elastik jism) Kinematikasiga boʻlinadi. Odatda, kinematika dinamikani oʻrganishda qoʻshimcha vosita hisoblanadi. Nuqta va qattiq jism Kinematikasining asosiy vazifasi nuqta yoki qattiq jismning muayyan sanok, sistemasiga nisbatan harakatlarini (sanoq sistemasiga nisbatan nuqta vaziyati koordinatalar bilan belgilanadi) va harakatlarning barcha kinematik tasniflari orasidagi bogʻlanishlarni aniqlashdir.
Nuqta tezligi (t>) va tezlanish (sh) uning harakatini ifodalovchi asosiy kinematik omillardir. Boʻlar harakat turiga bogʻliq. Jismning eng oddiy harakati ilgarilanma va aylanma harakatdan iborat. Ilgarilanma harakat vaqtida jismning barcha nuqtalari birday harakat qiladi; jism harakatini (trayektoriyasini) ifodalash uchun bitta nuqtaning harakatini bilish kifoya. Har qanday jism toʻgʻri va egri chiziq boʻylab harakatlanadi. Harakat tekis toʻgʻri chiziqli (yoki aylanma) hamda teqismas (oʻzgaruvchi) boʻlishi mumkin. Teqismas harakatda tezlikning oniy (haqiqiy) yoki oʻrtacha qiymati aniqlanadi. Tekis harakatda tezlanish nolga teng. Jism qoʻzgʻalmas oʻq atrofida aylanma harakat qilsa, bitta erkinlik darajasiga ega boʻladi va uning vaziyati burilish burchagi (davri), burchak tezligi (chastota) va burchak tezlanishi bilan ifodalanadi.
Erkin qattiq jism massa markazi bilan birga ilgarilanma va aylanma harakat qiladi. Artilleriya snaryadi, raqsta, fazoviy jismlar va boshqa harakati boʻnga misol boʻladi.
Deformatsi ya l anu vchi muh i t l a r K.si deformatsiyalar umumiy nazariyasi va muhitning uzluksizligi shartini aks ettiruvchi uzluksizlik tenglamalarini hamda uzluksiz muhit harakatining tavsiflarini aniqlaydi. Tutash muhit K. muhit elementlar harakatini ularning deformatsiyalanuvchanligini hisobga olgan holda bayon qiladi. Yorugʻlik tezligiga yaqin boʻlgan harakat K.si haqida nisbiylik nazariyasida, mikrozarralar harakati haqida kvant mexaniqat qaraladi. K. usullari turli mexanizmlar va boshqalarda harakat uzatishni hisoblashda muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
tahrir- Oʻrozboye v M. T., Nazariy mexaniqa asosiy kursi (3-nashr), T., 1966; Rashi-dov T. R., Shoziyotov Sh., Moʻminov K. B., Nazariy mexaniqa asoslari, T., 1990.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |