Kion Reece Etete (talaffuzi: Kion Ris Etete) (2001-yil 28-noyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Kion Etete „Cardiff City“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Kion Etete
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kion Reece Etete[1]
Tavallud sanasi 28-noyabr 2001-yil (2001-11-28) (22 yosh)
Tavallud joyi Derby, Angliya[2]
Boʻyi 1.98 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Cardiff City
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Notts County
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2019 Notts County 4 (0)
2019—2022 Tottenham Hotspur 0 (0)
2021Northampton Town (ijara) 18 (3)
2022Cheltenham Town (ijara) 13 (3)
2022 Cardiff City 8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 29-oktyabr uchun)

Oʻyin faoliyati tahrir

Kion Etete „Notts County“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Kion Etete „Nutts County“ futbol klubi safidagi (asosiy jamoa) ilk oʻyinini 2018-yil 9-oktyabr kuni „Newcastle United“ futbol klubiga jamoasiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Bu uchrashuvda Kion Etete oʻyinning 76-daqiqasida zaxiradan Tyreece Kennedy-Williams oʻrniga maydonga tushirilgan.

2019-yilda Kion Etete "Tottenham" Hotspur" futbol jamoasi tarkibiga qoʻshilish uchun sinovdan oʻtdi. Shundan soʻng, Kion Etete yangi klub safida „West Ham United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi[3][4]. 2019-yil 7-iyun kuni „Notts County“ futbol klubi Twitter orqali Kion Etete klubdagi muvaffaqiyatli sinovdan soʻng „Tottenham Hotspur“ futbol klubi tarkibiga rasman qoʻshilganini eʼlon qildi[5].

2021-yil avgust oyi boshida Kion Etete „Tottenham Hotspur“ futbol klubi bilan 2023-yilgacha choʻziladigan yangi shartnoma imzoladi va 2021—2022-yilgi mavsum uchun Kion Etete „Northampton Town“ futbol klubiga ijaraga berildi[6]. Kion Etete „Northampton Town“ futbol klubidagi ilk oʻyinini 2021-yil 11-avgust kuni „Coventry City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi[7].

2022-yilning yanvarida Kion Etete Birinchi liga vakili „Cheltenham Town“ futbol klubiga ijara shartnomasi asosida qoʻshildi[8].

Shaxsiy hayoti tahrir

Kion Etete Angliyada tugʻilgan. Kion Etetening otasi nigeriyalik, onasi esa ingliz hisoblanadi[9].

Statistika tahrir

Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Notts County 2018—2019 EFL ikkinchi ligasi 4 0 1 0 0 0 1 0 6 0
Tottenham Hotspur 2019—2020[10] 1 0 1 0
Northampton Town (ijara) 2021—2022[11] EFL ikkinchi ligasi 18 3 2 1 2 2 1 0 22 6
Cheltenham (ijara) 2021—2022[12] EFL birinchi ligasi 13 3 0 0 0 0 0 0 13 3
Umumiy 35 6 3 1 2 2 3 0 42 9

Manbalar tahrir

  1. „Updated squad lists for 2019/20 Premier League“. Premier League (6-fevral 2020-yil). Qaraldi: 7-mart 2020-yil.
  2. „Kion Etete Player Profile“. Tottenham Hotspur.
  3. „Notts County vs. Newcastle United U21 - 9 October 2018 - Soccerway“ (inglizcha). us.soccerway.com. Qaraldi: 6-noyabr 2018-yil.
  4. „Notts County vs Newcastle United U21 on 09 Oct 18 - Match Centre - Notts County FC“ (en-gb). www.nottscountyfc.co.uk. Qaraldi: 6-noyabr 2018-yil.
  5. FC. „Good luck to @kion_etete, who has joined @ChampionsLeague finalists @SpursOfficial.“ (inglizcha). @Official_NCFC (7-iyun 2019-yil). Qaraldi: 7-iyun 2019-yil.
  6. „New contract and Northampton loan for Etete“. Tottenham Hotspur F.C. (2-avgust 2021-yil). Qaraldi: 2-avgust 2021-yil.
  7. „Kion Etete enjoys dream debut as Northampton stun Coventry“ (inglizcha). BT.com. Qaraldi: 24-avgust 2021-yil.
  8. „Kion Etete: Cheltenham Town sign Tottenham youngster on loan“. BBC Sport (17-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2022-yil.
  9. „Tottenham Hotspur Target Etete Not Ruling Out Playing For Nigeria :: All Nigeria Soccer - The Complete Nigerian Football Portal“. www.allnigeriasoccer.com.
  10. „Kion Etete | Football Stats | Tottenham U21 | Season 2018/2019 | Soccer Base“. www.soccerbase.com. Qaraldi: 6-iyul 2022-yil.
  11. „Kion Etete | Football Stats | Tottenham U21 | Season 2018/2019 | Soccer Base“. www.soccerbase.com. Qaraldi: 6-iyul 2022-yil.
  12. „Kion Etete | Football Stats | Tottenham U21 | Season 2018/2019 | Soccer Base“. www.soccerbase.com. Qaraldi: 6-iyul 2022-yil.