Kirill Nikolayevich Pasichnik (1993-yil 24-may, Tutayev, Yaroslavl viloyati, Rossiya) — qozog'istonlik futbolchi, himoyachi.

Kirill Pasichnik
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Кирило Миколайович Пасічник
Tavallud sanasi 24-may 1993-yil
Tavallud joyi Tutayev, Yaroslavl viloyati, Rossiya
Boʻyi 1.97 m
Ampluasi Himoyachi
Vazni 80 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
SK Poltava
Raqami 3
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2012 Dnepr
2013 Astana
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013 Astana 6 (0)
2014 Atirau 1 (0)
2014—2015 Oqjetpes 8 (1)
2015—2016 Bayterek 22 (8)
2016 Qiziljar 2 (0)
2017 Buxoro 15 (1)
2018 Shaxtyor Karaganda 4 (0)
2018 Shaxtyor-Bulat 4 (1)
2018 Shaxtyor U-21 5 (5)
2019 Kiran 6 (2)
2019 Ujgorod 16 (2)
2020—2021 Skoruk
2021 Noviy Sanjari
2022 Skoruk 9 (0)
2023 Poltava 7 (0)
Milliy terma jamoa
2013—2014 Qozogʻiston U-21 15 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klubdagi faoliyati tahrir

„Dnepr“ yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U professional futbolchilik faoliyatini „Dnepropetrovsk“ klubida boshlagan.

2013 yilda Qozog'istonga yo'l oldi. U yerda „Astana“ bilan shartnoma imzoladi. Mavsumning katta qismini poytaxt klubining o'rinbosarlar jamoasida oʻtkazdi. Keyingi mavsumni „Atirau“ tarkibida boshladi. Bu klubda ham asosan zaxira jamosida harakat qildi. Mavsum davomida Qozog‘iston Birinchi ligasidagi „Oqjetpes“ klubiga o‘tib, Oliy ligaga koʻtarilishiga yordam berdi. 2015-yil boshida „Oqjetpes“ning zaxira jamoasida o‘ynadi. Keyinchalik birinchi liga jamoasi — „Baytarek“ safiga oʻtdi. 2016-yilda „Qiziljar“ klubi safida Birinchi ligada 2 ta, Qozogʻiston kubogida 1 ta oʻyinda maydonga tushgan.

2017-yilda esa qo‘shni O‘zbekistonga jo‘nab ketdi va u yerda O‘zbekiston SuperligasiningBuxoro“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yil uchun kengaytirilgan tarkibdan joy olgan[1]. Ammo keyingi yilning o‘zidayoq Kirill PasichnikQozog‘istonga qatgan[2]. Qozogʻistonda „Shaxtyor“ va „Shaxtyor U-21“ jamoalarida to‘p surgan. Bundan tashqari, „Shaxtyor-Bulat“ klubida ham faoliyat yuritgan.

2019-yil boshida u „Kyeran“ futbol klubi tarkibida o'ynagan. Ammo yozda Ukrainaga qaytib, „Ujgorod“ flubi safiga oʻtgan. 2019-yil 27-iyul kuni „Gorodyan“ libosida 1-tur doirasidagi Chernovtsining „Bukovina“ jamoasiga qarshi safardagi bahsda g‘alaba qozongan (3:1) o‘yinda debyut qildi. Kirill asosiy tarkibda maydonga tushdi va butun uchrashuvni o'tkazdi. 63 va 89-daqiqalarda Bukovina jamoasi darvozasiga gol urdi[3].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

2013—2014-yillarda Qozog'iston yoshlar terma jamoasida 7 ta o'yin o'tkazgan.

Yutuqlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. „ФК Бухара“. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  2. „Kirill Pasichnik: "Sog'ligimdagi muammo tufayli uyga qaytdim"“. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  3. BUKOVYNA VS. UZHHOROD 1 - 3 (ingl.)