Kiso (yaponcha: 木祖村 Kiso-mura?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 1116 ta xonadonda 2877 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 20 nafardan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 140,50 kvadrat kilometr (54,25 mi²) ni tashkil etadi.

Kiso

木祖村
Qishloq
Skyline of Kiso
Kiso
Bayroq
Kiso
Gerb
35°56′10.7″N 137°46′59.3″E / 35.936306°N 137.783139°E / 35.936306; 137.783139 G OKoordinatalari: 35°56′10.7″N 137°46′59.3″E / 35.936306°N 137.783139°E / 35.936306; 137.783139 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Chubu viloyati
Asos solingan 1-aprel 1889-yil
Maydon 140.50 km2 (54.25 mi²)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil aprel)
2 877
Zichligi 20 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0264-36-2001
Kiso xaritada
Kiso
Kiso
Kiso qishlogʻidagi Yabuxara-juku

Geografiyasi tahrir

Kiso Nagano prefekturasining gʻarbiy markazida, Kiso daryosi vodiysida joylashgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar tahrir

Iqlimi tahrir

Qishloqda yozi salqin va nam, qishi esa kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadigan iqlim mavjud (Köppen iqlim tasnifi Dfb). Kisoda oʻrtacha yillik harorat 5,7 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1860 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 18,6 °C, eng past harorati esa yanvarda, −6,7 °C atrofida boʻladi[2].

Kiso qishlogʻi iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C 1,4 2,3 6,7 14,9 20,3 23,3 26,6 28,2 23,2 17,3 11,3 4,9 15,1
Oʻrtacha harorat, °C −2,9 −2,5 1,1 8,0 13,6 17,6 21,1 22,2 17,9 11,3 5,4 0,1 9,4
Oʻrtacha minimal, °C −7,9 −7,5 −3,9 1,9 7,8 12,9 17,0 17,8 13,7 6,6 0,6 −4,3 4,6
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 80,3 81,6 98,5 95,3 121,2 165,5 195,8 134,2 168,4 109,8 76,4 70,3 1 397,1
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[3]

Demografiyasi tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Kiso qishlogʻining aholisi soni soʻnggi 30 yil ichida kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19404,362—    
19505,01+14.9%
19604,899−2.2%
19704,375−10.7%
19804,19−4.2%
19904,3+2.6%
20003,596−16.4%
20103,135−12.8%
20202,692−14.1%

Tarixi tahrir

Kiso qishlogʻi sobiq Shinano viloyati hududida joylashgan. Hudud Yabuhara-juku, Edo davrida Edoni Kioto bilan bogʻlaydigan Nakasendo avtomagistralidagi post stansiyasi vazifasini bajargan. Hozirgi Kiso qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan bunyod etilgan.

Iqtisodiyoti tahrir

Kiso qishlogʻining asosiy iqtisodiyot manbai qishloq xoʻjaligi va turizm hisoblanadi. Qishloqsa tarixiy inshootlar u qadar koʻp emas. Lekin Mizukizava tabbiyoʻrmon zonasi turistlarni oʻziga jalb qiladi. Yabuhara jinja va Gakuraku-ji ibodatxonasi qishloqdagi tarixiy ahamiyatga molik hudud hisoblanadi. Haftaning yakshanba kunlari rassomlar bogʻi nomli koʻrgazma tashkil etiladi[5].

Transporti tahrir

Temir yoʻl tahrir

Magistral yoʻl tahrir

  • Milliy yoʻnalish 19

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir