Kitakami (Iwate)
Kitakami (yaponcha: 北上市 Kitakami-shi ) – Yaponiyaning Iwate prefekturasida joylashgan shahar[1].
Kitakami 北上市 | |
---|---|
Shahar | |
39°17′12.3″N 141°6′47.6″E / 39.286750°N 141.113222°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Mintaqa | Tōhoku |
Hukumat | |
• Mer | Toshihiko Takahashi |
Maydon | 437.55 km2 (168.94 kv mi) |
Aholisi (2023-yil 1-fevral) |
92 875 |
|
Geografiyasi
tahrirKitakami Iwate prefekturasining janubi-markazida, Kitakami daryosi vodiysida, prefektura poytaxti Moriokadan taxminan 45 km janubda va Tokiodan 490 km shimolda joylashgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
tahrirIwate prefekturasi
- Hanamaki
- Oshu
- Nishiwaga
- Kanegasaki
Iqlimi
tahrirKitakami nam iqlimga ega (Köppen Cfa) Yozi iliq, qishi sovuq. Kitakamida oʻrtacha yillik harorat 10,5 °C atrofida yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1319 mm, eng yomgʻirli oy sentyabr, eng qurgʻoqchil oy esa fevral oyi, avgustda eng yuqori harorat 24,3 °C atrofida, eng pasti esa yanvarda −2,4 °C atrofida pastlashadi[2].
Demografiyasi
tahrirKitakami aholisi bir necha oʻn yillik oʻsishdan soʻng, yaqindan boshlab kamaya boshlagan[3].
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 43,431 | — |
1930 | 47,101 | +8.5% |
1940 | 52,622 | +11.7% |
1950 | 67,097 | +27.5% |
1960 | 70,032 | +4.4% |
1970 | 68,074 | −2.8% |
1980 | 76,633 | +12.6% |
1990 | 82,902 | +8.2% |
2000 | 91,501 | +10.4% |
2010 | 93,147 | +1.8% |
2020 | 93,045 | −0.1% |
Tarixi
tahrirKurosawajiri shahri 1891-yil 1-aprelda Meiji davrida zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan. Zamonaviy Kitakami shahri 1954-yil 1-aprelda Kurosawajiri shahrining Iitoyo, Futako, Saraki, Oniyanai, Aisari va Fukuoka qishloqlari bilan birlashishi natijasida tashkil etilgan.
Hukumati
tahrirKitakami toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 13 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi bilan mer-kengash boshqaruv shakliga ega[4].
Iqtisodiyoti
tahrirKitakami iqtisodiyoti anʼanaviy qishloq xoʻjaligiga ega ammo, Senday va Morioka bilan Toxoku ekspress yoʻli orqali kirish qulayligi tufayli, hudud tez sur’atlar bilan yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yuk tashish markaziga aylangan.
Taʼlim tizimi
tahrirKitakami shahrida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 17 ta davlat boshlangʻich maktabi, 9 ta davlat oʻrta maktabi va Ivate prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan 5 ta davlat oʻrta maktablari joylashgan.