Kiyikoʻt (Ziziphora) — yalpizdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Boʻyi 30 sm cha. Poyalari ingichka, kulrang . Bargi nashtarsimon. Guli yarim shar koʻrinishidagi toʻpgulda, poyalarning uchida joylashgan. Tojbargi ikki labli, pushti, ustki tojbargi yaxlit, toʻgʻri.

Urugʻi avgustta yetiladi. Bargi va toʻpgulidan olinadigan efir moyi atirupa sanoatida ishlatiladi va undan tibbiyotda mentol olinadi. 22 turi Oʻrta Osiyo, Oltoy va Zakavkazye choʻllarida, qumli, qurgʻoqchil togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Oʻzbekistonda 7 turi, asosan, adir va togʻlarda, faqat bir turi (choʻlyalpiz) choʻl zonasida oʻsadi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil