Kleopatra VII Filopator (qadimgi yunoncha: Κλεοπάτρα Φιλοπάτωρ) (miloddan avvalgi 69 — Iskandariya — miloddan avvalgi 30) — Misrning ptolemeylar sulolasidan boʻlgan soʻnggi podshohi, Ptolemey XI ning qizi. Kleopatra oʻz ukasi Ptolemey XII Dionisga turmushga chiqib, u bilan birgalikda davlatni idora qila boshlagan (51 yildan) boʻlsada, yakka oʻzi taxtga egalik qilish uchun zimdan kurash olib borgan, niyati fosh boʻlgach, Suriyaga surgun qilingan (48 yil). Ammo, Kleopatraning bilimdonligi, aqlzakovatiga maftun boʻlib qolgan Yuliy Sezar 47 yil uni Misrga qaytargan (Kleopatra undan Sezarion ismli oʻgʻil koʻrgan). Sezar oʻldirilgach, Kleopatra Mark Antoniyning ittifoqchisi va maʼshuqasi (37 yildan xotini) boʻlgan. 31 yil Oktavian (qarang Avgust) qoʻshinlari Misrni zabt etgach, Antoniy va Kleopatra oʻzlarini oʻldirishgan. Naqlga koʻra, ugla davrdagi misrliklar eʼtiqodiga asosan abadiy barhayotlikka erishmoq uchun oʻzini zaharli ilonga chaqtirgan.

Kleopatra
Tavalludi 13-yanvar mil. avv. 69
Vafoti 12-avgust mil. avv. 30
Fuqaroligi Qadimgi Misr[1]
Otasi Ptolemy XII Auletes
Onasi Cleopatra V of Egypt

Kleopatra timsoli Gʻarb (U. Shekspir, B. Shou, D. Tyepolo, P. Rubens va boshqalar) hamda Sharq (A. Shavqiy va boshqalar) adib, shoir, dramaturg, rassom va haykaltaroshlari asarlarida aks etgan, unga bagʻishlab filmlar yaratilgan.[2]

ManbalarTahrirlash

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil