Koʻhirud
Koʻhirud — Erondagi togʻ tizmasi, Oʻrta Eron togʻlari tarkibida. Shim.gʻarbdan jan.-sharqqa tomon 900 km ga choʻzilgan, bal. 2—3 ming m, eng baland joyi Xazar vulkani — 4420 m. Asosan, choʻkindi va vulkanogen qatlamlardan tuzilgan. Yiliga togʻ oldilarida 100 mm dan, togʻlarda 300 mm gacha yogʻin yogʻadi. Togʻ choʻli va chala choʻli, yuqori mintaqalarda togʻ dashti landshafti ustun. Daralarda yongʻoqzorlar bor. Yaylov chorvachiligi rivojlangan, vodiylarda uncha katta boʻlmagan vohalar uchraydi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |