Koʻkorol toʻgʻoniQozogʻistonning Qiziloʻrda viloyati Aral tumanidagi Koʻkorol trakti yaqinida Shimoliy Orol (Kichik Orol dengizi) va Orol dengizi (Katta dengiz) oraligʻida Berg boʻgʻozini kesib oʻtuvchi toʻgʻon.

Toʻgʻon Kichik dengizdagi suv sathini tartibga solish maqsadida qurilgan. Toʻgʻon uzunligi 13034 m, eni 100–150 m gacha yetadi. Toʻgʻonning eng yuqori balandligi 6 m (45,5 m), Kichik dengizning suv sathi toʻlgan paytida 42,2 m gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Toʻgʻon ustiga toʻqqizta, hajmi 600 m³/s boʻlgan suvoʻtkazgich qurilgan boʻlib, u ortiqcha suvni Janubiy Orolga oqizish orqali vayronagarchilikni oldini olishga moʻljallangan.

Tarixi

tahrir

XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib Orol dengizining sayozlashishi oqibatida uning shimoliy qismi va janubiy qismi ajralib qoldi[1]. Ularning orasidagi suv tor kanal boʻylab Kichik Oroldan Katta Orolga oqib oʻta boshladi. Ushbu kanalni toʻsib qoʻyadigan toʻgʻon qurish uchun 2 marta urinib koʻrilgan. Birinchisi qumli boʻlib 1992-yilda qurilgan, ammo 1993-yil bahorida suv sathining keskin ko'tarilishi tufayli vayron boʻlgan[2]. Shundan soʻng mahalliy qurilish tashkilotlari hamda ijroiya organlari yangi toʻgʻon qurish uchun mablagʻ topdi. 1997-yilning bahorida ikkinchi qum toʻgʻoni qurib bitkazildi. Unga suv tashlaydigan inshoot o'rnatilgan va 1998-yilda temir-beton plitalar yordamida mustahkamlangan[2]. Toʻgʻon qurilgach, dengiz shimoliy qismining maydoni sezilarli darajada oshdi, bu Orolqum choʻlidan qoʻshni hududlarga chang boʻronlari va tuzning oʻtish chastotasini kamaytirdi. Baliq inkubatoridan baliqlar populyatsiyasi (chigʻanoq, sazan, Orol bekri) tiklangan, keyin shoʻr suvda faqat Glossa kambala yashagan.

Ammo 1999-yilda suv sathining ko'tarilishi va boʻron oqibatida bu toʻgʻon ham vayron bo'lgan[2].

2001-yilda Qozog‘iston hukumati Jahon bankiga mustahkam to‘g‘on qurish uchun kredit so‘rab murojaat qilgan. Toʻgʻon qurilishi 2005−yil avgust oyida yakunlangan.

Taʼsiri

tahrir

2003-yilda qayd qilingan malumotlarga koʻra, Shimoliy Oroldagi suv sathi 12 metrga koʻtarilgan va bu va bu vaqtda shoʻrlanish darajasi pasaygan[3].

2006-yilga kelib esa Orolda boʻlgan oʻsish, olimlar kutganidan ancha oldinroq va koʻproq boʻldi. Suvning minerallashuvi litriga 23 grammdan 17 grammgacha pasaydi[4]. Baliqlarning soni va turlari xilma-xilligi ortib, mikroiqlim oʻzgara boshladi. Dengizgacha boʻlgan masofa 100 kmdan 25 kmga qisqardi[5]. Sirdaryoning Janubiy Orol dengiziga quyiluvchi jilgʻasi toʻxtatilib dengizning qurishini tezlashtirdi[6]. Orol dengizi bir vaqtning oʻzida Sharqiy va Gʻarbiy Orolga boʻlindi va undan Tushchibos qoʻltigʻi ajralib chiqdi[7].

Koʻrsatkichlari

tahrir

RRSSAM-2 loyihasi doirasida toʻsiq balandligi 6—8 metr oshirilishi rejalashtirilgan. Bu orqali Shimoliy Orol dengizi suv hajmi 27 km³ dan 59 km³ gacha oshadi, suvning sho`rligi esa 17 g/l dan 2,5-3 g/l gacha kamayadi[8]. Bu Kichik Orol suvlarini Orol portiga yaqinlashishiga imkon beradi va bu orqali mintaqadagi iqtisodiy-ekologik holat yaxshilanadi

Etimologiyasi

tahrir

To'siq nomi avvalgi Ko`korol orolidan kelib chiqqan.U avval yarim orol edi, lekin keyinchalik ikki dengiz bir-biriga qo`shilmaganligi sababli,hozir hudud quruqlikka aylanib qolgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Deutsche welle. Ради спасения Арала“ (de). www.dw-world.de. 2011-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Строительство первых плотин“ (deadlink). nailaokda.8m.com. 2005-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2005-yil 30-yanvar.
  3. „Радио Азаттык“. rus.azattyq.org. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-aprel.
  4. „Официальный портал акимата Кызылординской области“ (oʻlik havola — tarix ). www.e-kyzylorda.kz.[sayt ishlamaydi]
  5. „«Если в 80-х годах прошлого века Северное Аральское море отошло от города Аральска на расстояние более чем 100 километров, то благодаря первой фазе проекта это расстояние сократилось до 25 километров.»“. centrasia.org. 2018-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-aprel.
  6. „«Кокаральская плотина преградила сброс воды в устье Сырдарьи в южную часть моря. … До постройки плотины часть воды из Сырдарьи уходила в Большой Арал … дамба окончательно убила Большой Арал.»“ (ru) (oʻlik havola — tarix ). www.great-asia.ru.[sayt ishlamaydi]
  7. „Современная фауна остаточных водоёмов, образовавщихся на месте бывшего Аральского моря“ 1,153. Зоологический институт РАН. 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-aprel.
  8. „Вторая фаза проекта РССАМ находится в интенсивной в разработке“ (deadlink). 2011-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-aprel.