Koʻlob viloyati (tojikcha: Вилояти Кӯлоб, ruscha: Кулябская область) – 1939—1955, 1973—1988 hamda 1990—1992-yillarda mavjud boʻlgan Tojikiston SSR va Tojikiston Respublikasidagi maʼmuriy-hududiy birlik.

Koʻlob viloyati
tojikcha: Вилояти Кӯлоб

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Viloyat
Tegishli Tojikiston SSR
Tarkibida 1 shahar, 8 tuman, 6 shaharcha
Maʼmuriy markazi Koʻlob
Asos solingan sanasi 19391955
19731988
19901992
Rasmiy tillar Tojik tili, rus tili
Aholi (1987) 570 ming kishi
Millatlar tarkibi tojiklar, ruslar
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 12,0 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC +5:00
Pochta indeksi 735140
Avtomobil raqami kodi КЮ
Xaritada
Koʻlob viloyati xaritada

Maydoni – 12,0 ming km². Aholisi – 570 ming kishi (1987-yil), shundan shahar aholisi – 26%. Maʼmuriy jihatdan 8 tuman, 1 shahar va 6 shaharchadan iborat (1987).

Maʼmuriy-markazi – Koʻlob shahri.

Hisor-Oloy tizmasining janubiy etaklarida joylashgan.

Tarixi

tahrir

Koʻlob viloyati respublikaning dastlabki toʻrt viloyatidan biri boʻlgan[1]. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1939-yil 27-oktyabrdagi qaroriga binoan Koʻlob okrugi negizida tuzilgan. Viloyat tarkibiga Koʻlob shahri va Baljuvon, Dangʻara, Dashtijum, Kangurt, Qizil mozor, Kolxozobod, Koʻlob, Moʻminobod, Farxor, Sari Hisor, Xovaling, Shoʻrobod tumanlari kiritilgan.

1944-yil 7-yanvarda Dangʻara tumani yangidan tashkil etilgan Qoʻrgʻontepa viloyatiga oʻtkazilgan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1955-yil 24-avgustdagi qaroriga binoan viloyat tugatilgan, uning tumanlari toʻgʻridan toʻgʻri respublika boshqaruviga oʻtkazilgan.

1973-yil 29-dekabrda Tojikiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi qaroriga asosan viloyat qaytadan tashkil qilinadi. Uning tarkibiga Koʻlob shahri, Vosey, Dangʻara, Koʻlob, Leningrad, Moskva, Farxor, Panj, Sovet tumanlari kiritiladi.

1979-yil 6-dekabrda Panj tumani Koʻlob viloyatidan Qoʻrgʻontepa viloyatiga oʻtkaziladi.

1988-yil 8-sentyabrda viloyatning maʼmuriy tumanlari Xatlon viloyati tarkibiga kiritiladi.

1990-yil 24-yanvarda Xatlon viloyati tugatilishi bilan Koʻlob qisqa muddatga qayta tiklanadi va tarkibiga Koʻlob shahri, Vosey, Dangʻara, Koʻlob, Leningrad, Mosva, Farxor, Sovet, Xovali tumanlari kiritiladi[2]. 1992-yil 2-dekabrda nihoyat tugatiladi va qayta tiklangan Xatlon viloyatiga qoʻshib yuboriladi[3].

Tabiati

tahrir

Iqlimi – kontinental. Asosiy daryosi – Panj. Moʻminobod, Selbur va boshqa suv omborlari mavjud.

Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

tahrir

1978-yil holatiga koʻra, Koʻlob viloyati maʼmuriy-hududiy boʻlinishi quyidagicha[4]:

Tuman markazi Tarkibidagi qishloqlar
Koʻlob shahri  –
Vosey tumani Vosey shaharchasi Vosey shaharchasi, Guliston, Lohutiy, Mehnatobod, Michurin, Orol, Paxtaobod, Paxtakor, Tojikiston, Toʻgarak, Xovaling, Shugʻnov qishloq sovetlari
Dangʻara tumani Dangʻara shaharchasi Dangʻara shaharchasi, Oqsuv, Pushing, Sangtoʻda, Sebiston, Sharipov I. Nomidagi q.s.
Koʻlob tumani Koʻlob sh. Dahana, Koʻlob, Zarbdor, Ziraki q.s.
Leningrad tumani Leningrad shaharchasi Leningrad shaharchasi, Boggain, Dashtijum, Qulchashma, „SSSRning 50 yilligi“, Shoʻroobod q.s.
Moskva tumani Moskva shaharchasi Moskva shaharchasi, Kalinin, Mehnatobod, Qahramon, Turdiyev nomidagi, Chubak q.s.
Farxor tumani Farxor shaharchasi Farxor shaharchasi, Gulshan, Dehqonariq, Farxor, Komsomol, Vatan, Gʻalaba, Gʻayrat q.s.
Panj tumani Panj shaharchasi Panj shaharchasi, Arab, Kuldamin, Namuna, Sarmant, Tugul q.s.
Sovet tumani Sovet shaharchasi Sovet shaharchasi, Boboyunus nomidagi, Kangurt, Koʻshkiya, Tanobchi Vatan q.s.

Iqtisodiyoti

tahrir
  • Yengil (paxta tozalash, charm-poyabzal), oziq-ovqat (moy press, goʻsht, un qirqish), metallga ishlov berish sanoatlari rivojlangan.
  • Tosh tuzi qazib olindi.
  • Sugʻorma dehqonchilik rivojlangan. Ular paxta, gʻalla (bugʻdoy, arpa), kartoshka, sabzavot yetishtirishgan. Meva yetishtirish. Uzumchilik. Hisor va qorakoʻl qoʻylarini koʻpaytirish, sogʻin chorvachilik. Ipakchilik.
  • Tanobchi-Qizilsuv balneologik va loy kurort zonasi.

Manbalar

tahrir
  1. Leninobod, Stalinobod, Gʻarm viloyatlari bilan birgalikda.
  2. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta Tadjikskoy SSR „Ob uprazdnenii Xatlonskoy oblasti i obrazovanii v sostave Tadjikskoy SSR Kulyabskoy i Kurgan-Tyubinskoy oblastey“ ot 24 yanvarya 1990 goda // Kommunist Tadjikistana. – № 21 (17964). – 25.01.1990. – S. 1.
  3. „Административно-территориальное деление республик, входивших в состав СССР // Российская империя. История государства Российского“. 2020-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-mart.
  4. Таджикская ССР. Административно-территориальное деление. 1978 год, 5000 экз, Душанбе: Ирфон, 1978 — 191—192-bet.