Ko‘tarilayotgan quyosh kokteyli

"Koʻtarilayotgan quyosh"[1] (inglizcha: Tequila Sunrise, " Tequila Sunrise ") — tekila, grenadin va apelsin sharbati negizida tayyorlanuvchi alkogolli kokteyl. Long drink[2] sifatida tasniflanadi. Xalqaro barmenlar uyushmasi (IBA) rasmiy kokteyllaridan biri hisoblanadi. Toifasi „Zamonaviy klassika“ (inglizcha: Contemporary classics)[3].

Tequila Sunrise

Tarixi tahrir

Rising Sun kokteyli 1930 va 1940-yillarda barmen Gene Sulit tomonidan Arizona-Biltmor mehmonxonasida ixtiro qilingan. Dastlabki retseptga tekila, qoragʻat likyori, laym sharbati va sodali suv kirgan[4].

Kokteyl oʻz nomini (inglizcha: sunrise — „quyosh chiqishi“) tashqi koʻrinishi uchun olgan. Tarkibidagi zich komponentlar (qoragʻat likyori yoki anor siropi), sharbat va tekila aralashmasidan finjon tubiga tubiga joylashib, shafaqni eslatuvchi ranglar jilosini aks ettiradi[5].

„Tequila Sunrise“ va " Margarita " kokteyllarining mashhurligi 70-80-yillarda tekila isteʼmolini bir necha barobar oshishiga sabab boʻldi[6].

Retsept va tarkibi tahrir

IBA retsepti boʻyicha[2] tarkibi:

Tayyorlanishi tahrir

Tekila va apelsin sharbati muz ustidan „highball“ finjoniga quyiladi. Pastga tushadigan grenadin qoʻshiladi. Aralashtirilmaydi. Apelsin tilimi yoki apelsin va kokteyl gilosi bilan bezalib, dasturxonga tortiladi[2][7][8].

Klassik retseptning „Quyosh botishi“ yoki „Tequila sunset“ deb ataluvchi namunalari ham boʻlib, (inglizcha: sunset — „quyosh botishi“), unda kokteylga qora tus berish uchun chernika brendi ishlatiladi.

Ommaviy madaniyatda tahrir

  • Kokteyl Rolling Stones guruhi tufayli mashhur boʻlgan degan taxmin mavjud, guruh aʼzolari 1972-yilgi Amerika boʻylab gastrollarda Tequila Sunriseni boshqa barcha ichimliklardan afzal koʻrishgan[8].
  • Xuddi shu nomdagi qoʻshiq Eagles guruhining birinchi xitlaridan boʻlib (1973-yilda Billboard № 61), Desperado albomida hamda singl sifatida chiqarildi.
  • 1988-yilda bosh rollarni Mel Gibson va Mishel Pfayfer ijro etgan „Tequila Sunrise“ filmi katta ekranlarga chiqdi.
  • Cypress Hill guruhining Cypress Hill IV albomida 10-raqamda „Tequila Sunrise“ qoʻshigʻi joylashgan.

Yana qarang tahrir

  • Tekila Bum

Eslatmalar tahrir

  1. „Сайт Барменской ассоциации России“ (deadlink). Коктейль Восходящее солнце — Текила-санрайз. barclass.ru. 2017-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2017-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Сайт Международной ассоциации барменов“ (inglizcha). Коктейль Tequila Sunrise. iba-world.com. 17-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2017-yil.
  3. „Сайт Международной ассоциации барменов“ (inglizcha). коктейли Современная классика. iba-world.com. 2017-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-aprel 2017-yil. (Archive.is saytida 9-mart 2017-yil sanasida arxivlangan)
  4. The Wright Bar at the Arizona Biltmore(ingl.)
  5. „LolBar — Текила Санрайз“. 16-mart 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2010-yil.
  6. Anthony Dias Blue „Tequila Today and Tommorrow“,. The Complete Book of Spirits, 2004 — 118 bet. 
  7. Кучер Л.С., Шкуратова Л.М.. Технология приготовления коктейлей и напитков, Профессиональное образование, М.: Академия, 2005 — 157-158 bet. 
  8. 8,0 8,1 Фёдор Евсевский. Библия бармена, 2-е издание, М.: Евробукс, 2008 — 201 bet. 

Havolalar tahrir