Koauila — Meksikadagi shtat, Meksika togʻligining shimoliy qismida, AQSH bilan chegaradosh. Maydoni 151,6 ming km². Aholisi 2,3 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Saltilo. Yirik shaharlari: Torreon, Monklova, Pyedras-Negras. Relyefining aksari qismi choʻl landshaftli togʻlik, sharqida — sertepa tekislik. Sharqiy Syerra-Madre togʻlari Koauilani Meksika qoʻltigʻidan ajratib turadi. Iqlimi subtropik quruq iqlim. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 12—16°, iyulniki 24—29°. Shimolidan sovuq havo oqimining kirib kelishi natijasida baʼzan temperatura —10° gacha pasayadi. Yillik oʻrtacha yogʻin 200–400 mm.

Koauila
ispancha: Coahuila de Zaragoza

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Tarkibida 38 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Saltilno
Yirik shahari Torreon
Boshqa yirik shaharlari Torreon, Saltilno, Monklova
Asos solingan sanasi 7-may 1824
Gubernator Ruben Moreyra Valdes (Rubén Moreira Valdez), PRI PRI с 01.12.2011
Rasmiy tili ispan
Aholi (2010) 2 748 391
Zichligi 18,13 kishi./km²
Millatlar tarkibi Metislar, oqlar, kikapu.
Dinlar tarkibi Katoliklar (86,4 %), protestantlar va evangellar (6,8 %), boshqa nasroniylar(1,8 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,1 %), ateistlar vaagnostiklar (3,8 %).
Maydoni 151 571 km² (3-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 3710 m
Kengligi 29º 53' — 24º 32' N
Uzunligi 99º 51' — 103º 68' E
Vaqt mintaqasi UTC-6
Kod ISO 3166-2 MX-COA
Pochta indeksi 25 — 27
Rasmiy sayti http://www.coahuila.gob.mx/
Xaritada
Koauila xaritada
Koordinatalari: 27°18′08″N 102°02′41″W / 27.30222°N 102.04472°W / 27.30222; -102.04472 G O

Koauila — muhim metallurgiya va sugʻorma dehqonchilik rayoni. Sabinas daryosi havzasi mamlakatning asosiy toshkoʻmir olinadigan rayoni. Koks-kimyo, qora va rangli metallurgiya, oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo, sement, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari bor. Asosiy ekinlari — paxta, bugʻdoy. Ekstensiv chorvachilik rivojlangan. Koauila orqali markaziy shtatlarni AQSH bilan bogʻlovchi muhim magistral yoʻllar oʻtgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Koauila" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil