Koca Mustafo posho masjidi (turkcha: Koca Mustafa Paşa Camii; Sünbül Afandi Camii deb ham ataladi) Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan sobiq sharqiy pravoslav cherkovi boʻlib, Usmonlilar tomonidan masjidga aylantirilgan. Garchi Vizantiya va Usmonlilar imperiyasi davrida katta oʻzgarishlarga uchragan boʻlsa-da, bino Istanbuldagi VI asrda bunyod etilgan kam sonli cherkovlardan biri hisoblanadi.

Masjid
Koca Mustafo posho masjidi
turkcha: Koca Mustafa Paşa Camii,
Sünbül Afandi Camii
Masjidning shimoli-sharqiy tomondan koʻrinishi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Fotih tumani, Kocamustafapaşa mahallasi, Koca Mustafo Posho ko'chasi
Koordinatalar 41°00′12.24″N 28°55′42.96″E / 41.0034000°N 28.9286000°E / 41.0034000; 28.9286000
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi cherkov
Meʼmoriy uslub Vizantiya meʼmorchiligi
Loyiha muallifi Koca Mustafo Posho
Binokorlik VI asr1284
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, tosh

Manzili

tahrir

Koca Mustafo posho masjidi Istanbulning Fotih tumani, Kocamustafapaşa mahallasi, Koca Mustafo Posho koʻchasida joylashgan. Bino devor bilan oʻralgan shahar ichida, Avliyo John Stoudion cherkovidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda, Marmar dengizi yaqinidagi Konstantinopolning yettinchi tepaligi etagida bunyod etilgan.

Tarixi

tahrir

Vizantiya imperiyasi davri

tahrir

V asr boshida imperator Theodosius II ning singlisi malika Arcadia (hukmronlik davri: 408–450-yillar) Saturninus darvozasi[1] yaqinida Avliyo Andrewga bagʻishlab monastir qurishni buyurgan. Keyinchalik monastir ayollar monastiriga aylantirilgan. Avliyo Andrew monastiri „by-the-Judgment“ nomi bilan tanilgan[2].

Taxminan 1284-yilda, Michael VIII Palaiologosning jiyani (1259–1282) va John Raoul Petraliphasning rafiqasi malika Theodora Raoulaina hayotining soʻnggi oʻn besh yilini monastirda oʻtkazgan, vafotidan keyin ham aynan shu yerga dafn qilingan. Konstantinopolning lotinlar tomonidan bosib olinishi vaqtida monastir bosqinchilar eʼtiboridan chetda qolgan, 1350, 1425 va 1450-yillarda Konstantinopolga tashrif buyurgan ikki rus dindori cherkovni ziyorat qilib, kasallikdan aziyat chekkan juda koʻpchilik insonlar oʻsha vaqtda Avliyo Andrewga sigʻinib duo qilishganini tasdiqlashgan. XV asrning boshlarida monastir atrofi uzumzorlar bilan oʻralgan[3].

Usmonlilar imperiyasi davri

tahrir
 
A. G. Paspatesning Vizantiya topografik tadqiqotlaridan, 1877-yilgi rasmdagi masjid

Usmonlilar imperiyasi Konstantinopolni zabt etgandan keyin turklar tomonidan Kizlar Kilisesi („ayollar cherkovi“) nomli monastir sifatida oʻz faoliyatini davom ettirgan. 1486–1491-yillarda Kapiciboshi[4] (keyinchalik vazir deb yuritilgan) Koca Mustafo Posho (1512-yilda qatl etilgan)[5] cherkovni masjidga aylantirgan[6]. Oradan bir necha yil oʻtgach, monastir qurilishi uning kuyovi Şeih Çelebi afandi tomonidan xalvatiya darvishlari uchun vaqf qilingan[3]. Ushbu tariqat darvishlariga oʻsha paytda tasavvufiy ustoz Sünbul afandi boshchilik qilgan. XVI asrning boshlarida Sulton Salim I Yovuz va Şeih Çelebi oʻrtasida nizolar kelib chiqqan, chunki sulton Topkapi saroyini qurish uchun monastirning bir qismini buzib tashlamoqchi boʻlgan. 1559-yilda vafot etgan sulton va uning xotini Safiye Xotun masjid hovlisiga dafn etilgan. Shuningdek, masjid orqasidagi qabristonga ham bir qancha xalvatiya shayxlari dafn qilingan[3].

Oʻsha davrda sarv daraxtiga osilgan zanjir bilan bogʻliq anʼana paydo boʻlgan. Sarv daraxti allaqachon qurib qolgan boʻlishiga qaramay, hozirgi kunda ham masjid hovlisidagi kichik dumaloq bino ichida saqlanadi. Zanjirdan „yolgʻon detektori“ sifatida foydalanilgan[7].

 
„Yolgʻon detektori“ sifatida foydalanilgan (hozir yogʻoch boshpanada yashiringan) oʻlik sarv daraxtiga osilgan zanjir hali ham mavjud. Masjid oʻng tomonda, old tomonda esa ustun shaklidagi favvora joylashgan. Daraxt ortida Sünbul afandi turbasining gumbazi koʻrinadi.

Koca Mustafo posho masjidi haqida koʻplab xalq ertaklari ham mavjud boʻlgan. Shulardan biri „Egizak Sultonlar“ ertagi hisoblanadi. Ushbu ertaklar Usmonli hamda yunon xalq madaniyati va eʼtiqodlari oʻrtasidagi uygʻunlikdan dalolat beradi[8].

XVII asr boshida Defterdar (gʻazna vaziri) Ekmekçizade Ahmet Paşa (vafoti: 1618) madrasa, darvoza, zaviye (Islom olamida soʻfiylar bilan bogʻliq bino)[9] va maktab qurishga ruxsat bergan[10]. Oradan taxminan bir asr oʻtgach, Hekimbaşı (Sultonning bosh tabibi) Giridli Nuh afandi (vafoti: 1707) Tekkeni yopib, madrasani kengaytirgan boʻlsa[10], 1737-yilda Kızlar Ağası Hacı Beşir Ağa hovliga ustun shaklidagi favvora qurdirgan[8]. 1766-yilgi zilzila binoning gumbazini vayron qilib yuborgan, keyinchalik gumbaz 1768-yilda qayta tiklangan[10]. XIX asrda Mahmud II (hukmronlik davri: 1808–1839-yillar) ayvonni ham qayta tiklagan. 1847–1848-yillarda Sulton Abdulmajid I (hukmronlik davri: 1839–1861-yillar) majmuani oʻrab turuvchi devorni qayta qurishga ruxsat bergan. Oradan bir necha yil oʻtib, masjid hovlisiga ikkita favvora oʻrnatilgan[11]. Nihoyat, 1953-yilda masjid binosi ham qayta tiklangan[11].

Paygʻambar Muhammad tavalludi arafasida mavjud masjidlar minorasini yoritish anʼanasi paydo boʻlgan. Bu anʼana dastlab Koca Mustafo posho masjidida qoʻllangan[12].

Arxitekturasi

tahrir
 
Masjidning qurilish rejasi, Van Millingendan keyin, Konstantinopolning Vizantiya cherkovlari (1912)

Masjid markaziy gumbaz va sharqiy tomonda joylashgan uchta apsidaga ega. Gʻarbiy tomonda esonarteks (ichki kirish qismi) va eksonarteks (tashqi kirish qismi) joylashgan. Usmonlilar imperiyasi davrida binoda bir qancha muhim oʻzgarishlar olib borilgan. Kirish eshigi shimol tomonda joylashgan boʻlib, u yerda Usmonlilar beshta gumbaz bilan qoplangan ark bunyod etishgan. 1766-yilgi zilziladan keyin vayron boʻlgan markaziy gumbaz yana qayta tiklangan.

Asosiy gumbazning shimoliy va janubiy tomonlarida Usmonlilar davrida yana ikkita yarim gumbazlar qurilgan. Ularning har ikkalasiga uchta katta derazalar oʻrnatilgan[13]. Barcha gumbazlar arklar ustida joylashgan.

Masjidning tashqi koʻrinishiga Usmonli meʼmorchilik sanʼati asosida qayta ishlov berilgan.

Masjidning janubi-sharqida joylashgan yer osti sisternasidan tashqari Vizantiya monastiri butunlay yoʻq boʻlib ketgan[3]. Madrasaga tegishli boʻlgan, VI asrga oid goʻzal Vizantiya meʼmorchiligi namunalaridan hisoblanmish oʻyma eshik ramkasi Istanbul arxeologiya muzeyiga olib kelingan.

Koca Mustafo posho masjidi oʻziga xos arxitekturaviy xuusiyatlarga ega boʻlishiga qaramay, hech qachon tizimli ravishda oʻrganilmagan.

Manbalar

tahrir
  1. Janin (1953), 34. „A gate of the now vanished Constantinian wall of the city.“
  2. The denomination derives from a burial place of criminals which lied nearby. Janin (1953), p. 35.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Müller-Wiener (1977), p. 173.
  4. The Kapicibaşi („chief doorkeeper“) was also master of ceremonies at receptions for foreign ambassadors.
  5. Eyice (1955), p. 92.
  6. In the same period he converted also another byzantine church, this one placed in the Blachernae neighborhood, into a mosque, named after him Atik Mustafa Pasha Mosque.
  7. Van Millingen (1912), p. 107.
  8. 8,0 8,1 Gülersoy (1976), p. 262.
  9. A zaviye was a building designed specifically for gatherings of a Sufi or dervish brotherhood
  10. 10,0 10,1 10,2 Müller-Wiener (1977), p. 174
  11. 11,0 11,1 Müller-Wiener (1977), p. 175.
  12. Mamboury, p. 258.
  13. Van Millingen (1912), p. 115.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir