Kogda tvoya devushka bolna“ (ruscha: Когда твоя девушка больна, yaʼni „Qizing xasta boʻlganda“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1991-yil eʼlon qilingan „Chyorniy albom“ nomli studiyaviy albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh xonandasi Viktor Soy yozgan.

„Kogda tvoya devushka bolna“
„Kino“ qoʻshigʻi
„Chyorniy albom“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1991
Yozib olingan 1988
Janr alternativ rok, pop
Davomiyligi 4:21
Leybl Metadigital
Matn muallif(lar)i Viktor Soy
„Chyorniy albom“ xronologiyasi
„Kukushka“
(1991)
Kogda tvoya devushka bolna
(1991)
„Muraveynik“
(1991)

Qoʻshiqni guruh 1988-yilda kvartiralarda uyushtirilgan konsertlarda ijro etga boshlagan. Dastlab Soyning boy-bend tuzish niyati boʻlgan, guruh xonandaning nazarida „Kogda tvoya devushka bolna“ kabi pop janrida boʻlgan qoʻshiqlarini ijro etishi kerak boʻlgan. Ammo mazkur qoʻshiq uchun guruh plastinkalarida joy topilmagan. „Chyorniy albom“ albomiga ham tarona uncha mos tushmagan, ammo Soy oʻlimidan keyin guruhning qolgan aʼzolari uni albomga kiritishga qaror qilishgan.

„Kogda tvoya devushka bolna“ qoʻshigʻi matni sodda — unda qahramon sevgan yori xasta boʻlib qolgani uchun qaygʻu chekadi. Ayrim tahlilchilar qoʻshiq „The Smiths“ guruhining „Girlfriend in a Coma“ qoʻshigʻiga oʻxshab ketishini eʼtirof etishgan.

Qoʻshiq kimga atalgani haqida turli versiyalar mavjud. Bir versiyaga koʻra, tarona Soyning rafiqasi Marianna Soyga bagʻishlangan. Ammo qoʻshiq yozilgan paytda juftlik birga yashamayotgan boʻlgan[1]. Yana bir versiyaga koʻra, Soy Yuroy Kaspariyanning qiz doʻsti Marina Smirnova koʻp kasal boʻlgan paytda uni qoʻllash uchun yozgan. Mazkur versiyasini Mariannnaning oʻzi va Kasparyan toʻgʻri deb hisoblagan[2].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir