Kolorado (daryo)
Kolorado (inglizcha: Colorado River, ispancha: Río Colorado) — AQShdagi daryo, quyi qismi Meksika hududidan oqadi. Oʻz. 2334 km (Grin-River irmogʻi bilan 3200 km), havzasining maydoni 635 ming km². Qoyali togʻlardan boshlanib, Tinch okeanning Kaliforniya qoʻltigʻiga quyiladi. Yuta va Arizona shtatlarining chala choʻl va choʻlli hududlaridan oqadi. Kolorado platosini kesib oʻtishda umumiy oʻz. 800 km gacha boʻlgan chuqur kanyonlarni hosil qiladi, jumladan, jahondagi eng yirik kanyonlardan biri — Katta Kanyon ham oʻsha yerda. Yirik irmoqlari — Grin-River, San-Xuan, Litl-Kolorado, Xila. Daryo Koyali togʻlardagi qorlardan toʻyinadi, aprel—iyul oylarida toʻlib oqadi, koʻz va qishda kamsuv. Oʻrtacha suv sarfi 508 m³/sek., quyi oqimida AQShning Kaliforniya sohillaridagi shaharlarini suv bilan taʼminlash va irrigatsiya maqsadlarida ishlatilishi natijasida suvi kamayib ketadi. Koloradoda yirik suv omborlarini yuzaga keltirgan Glen-Kanyon-Dam va Guver toʻgʻonlari, GESlar qurilgan. Quyilish joyidan 228 km masofada kema katnaydi.[1]
Kolorado | |
---|---|
inglizcha: Colorado | |
Tavsif | |
Uzunligi | 2 334 |
Suv sarfi | 640 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | AQSh va Meksika |
Kolorado (daryo) |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |