Kolumbiya iqtisodiyoti asosan agro sanoatga ixtisoslashgan mamlakat bo‘lib, davlat yalpi ichki mahsuloti miqdori bo‘yicha Lotin Amerikasi davlatlari ichida toʻrtinchi oʻrinda turadi[1]. Neft Kolumbiyaning asosiy eksport tovari hisoblanadi. Mamlakatda IT-sohasi dunyoning barcha mamlakatlariga qaraganda tezroq rivojlanmoqda. IT sohasi mamlakatda yaxshi rivojlanayotganligi tufayli internetdan foydalanuvchilar soni hozirda katta miqdorni tashkil etadi. Shu sababli Kolumbiya Lotin Amerikasidagi eng uzun optik tolali tarmoqqa ega mamlakat hisoblanadi[2]. So‘nggi o‘n yilliklarda mamlakat iqtisodiy rivojlanish bosqichini boshidan kechirdi: jumladan uning yalpi ichki mahsuloti 1990-yildagi 120 milliard dollardan 2014-yilda deyarli 700 milliard dollargacha oshdi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi ichki mahsuloti 1990-yildagi 1500 dollardan 2015-yilda qariyb 14000 dollargacha koʻtarildi[1]. Kemasozlik, elektronika, avtomobilsozlik, turizm, qurilish va tog‘-kon sanoati kabi tarmoqlar 2000 va 2010-yillarda tez o‘sdi, ammo Kolumbiya eksportining aksariyat qismi hali ham asosan tovarlar maxsulotlari orqali keladi. Kolumbiya elektronika va maishiy texnika ishlab chiqarish boʻyicha Lotin Amerikasida Meksikadan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 2006-yilda Kolumbiya iqtisodiyoti 6,8% ga o‘sdi va 2007-yilda so‘nggi 30 yil ichida yalpi ichki mahsulotning eng muhim o‘sishiga 7,53% ga erishadi. Associated Press tahlil natijalariga ko‘ra, bu yuqori ko‘rsatkichga asosan xorijiy sarmoyalar va mamlakatdagi qurilish tashkilotlari ko‘payganligi hisobiga erishilgan.

Kolumbiya iqtisodiyoti
Valyutasi Kolumbiya Pesosi (COP)
Savdo tashkilotlari
JST, Tinch okeani ittifoqi, And hamjamiyati
Statistikalar
Aholi 52,400,145 (2023)
YaIM $334.689 milliard (nominal, 2023)
YaIM darajasi 32-o'rin
Jon boshiga YaIM
$19,460 (2023)
Aholi jon boshiga YaIM darajasi
32-o'rin
Tarmoqlar boʻyicha YaIM

qishloq xo‘jaligi: 7,2%

sanoat ishlab chiqarish: 30,8%

xizmat ko'rsatish: 62,1%

Barcha qiymatlar, agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, AQSh dollarida keltirilgan.

2007-yilda qurilish sohasida o‘sishi ko‘rsatkichi 13,3% ni tashkil etdi, bu ko‘rsatkichning o‘sishiga Kolumbiya poytaxti va asosiy kurort hududlarida, xususan, Kartagena turistik kurortida qurilish ishlarini ko‘payishi sababchi bo‘ldi.

2007-yilda investitsiyalar hajmining doimiy ravishda oshib bordi. Bundan kelib chiqadiki ushbu yilda Kolumbiya yalpi ichki mahsulotining tez o‘sishiga asosiy sabablardan biri xorijiy investorlarning qo‘shgan hissalari bo‘ldi. Bu tendensiya 2008-yilda ham davom etdi va birgina 2008-yilning birinchi ikki oyida davomida xorijiy investitsiyalar hajmi 1,75 milliard dollarga yetdi va YaIM ko‘rsatgichi 2006-yilgi ko‘rsatkichga nisbatan ikki baravar ko‘proqqa o‘sdi.

Kolumbiya prezidenti Alvaro Uribe maʼlumotlarga izoh berar ekan, izoh jarayonida mamlakatda inflyatsiyaning oʻsishi va peso kursining dollarga nisbatan oʻsishi kolumbiyalik eksportyorlarning rentabelligiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganidan xavotir bildirdi.

Iqtisodiy o‘sishlar tufayli Kolumbiyaga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni yiliga 12 mln kishidan ortib ketdi. 2023-yilga borib Kolumbiyaga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 15 milliondan ortiq ko‘rsatgichga yetadi[3][4].

Statistika

tahrir

Quyida keltirilgan jadvalda Kolumbiyaning 1980–2017-yillardagi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar ko‘rsatilgan. Jadvalda 5% dan kam inflyatsiya ko‘rsatkichlari yashil o‘q bilan ko‘rsatilgan[5].

Yil YaIM o‘sishi
(mlrd. AQSH dollari)
Aholi jon boshiga YaIM

(mlrd. AQSH dollar)

YaIM o‘sishi

(real)

Inflyatsiya darajasi

(foizlarda)

Ishsizlik

(foizlarda)

Davlat qarzi

(YaIMga nisbatan)

1980 78,9 2772  4,4 % 25,9 % 5,4 % yo‘q
1981  88,2  3032  2,2 % 27,4 % 6,5 % yo‘q
1982  94,5  3181  0,9 % 24,8 % 7,1 % yo‘q
1983  99,8  3288  1,6 % 19,6 % 8,7 % yo‘q
1984  106,8  3446  3,4 % 16,2 % 9,0 % yo‘q
1985  113,7  3691  3,1 % 24,1 % 8,7 % yo‘q
1986  122,7  3904  5,8 % 18,8 % 7,7 % yo‘q
1987  132,6  4132  5,4 % 23,3 % 7,4 % yo‘q
1988  142,8  4359  4,1 % 28,1 % 6,5 % yo‘q
1989  153,4  4588  3,4 % 25,8 % 6,8 % yo‘q
1990  165,9  4862  4,3 % 29,1 % 6,6 % yo‘q
1991  175,5  5039  2,4 % 30,3 % 6,4 % yo‘q
1992  187,3  5273  4,4 % 27,0 % 5,9 % yo‘q
1993  202,8  5600  5,7 % 22,5 % 5,0 % yo‘q
1994  217,7  5906  5,1 % 22,8 % 4,9 % yo‘q
1995  233,8  6237  5,2 % 20,9 % 5,6 % yo‘q
1996  243,0  6378  2,1 % 20,8 % 7,8 % 23,1 %
1997  255,6  6623  3,4 % 18,5 % 7,9 % 25,1 %
1998  259,9  6629  0,6 % 18,7 % 9,7 % 27,3 %
1999  252,8  6367  −4,2 % 10,8 % 13,1 % 33,8 %
2000  266,1  6603  2,9 % 9,2 % 13,3 % 37,7 %
2001  276,7  6780  1,7 % 8,0 % 15,0 % 40,8 %
2002  288,0  6968  2,5 % 6,4 % 15,6 % 47,2 %
2003  305,2  7294  3,9 % 7,1 % 14,1 % 44,7 %
2004  330,4  7797  5,3 % 5,9 % 13,7 % 41,2 %
2005  357,0  8325  4,7 % 5,1 % 11,8 % 38,3 %
2006  392,7  9046  6,7 %  4,3 % 12,0 % 35,8 %
2007  430,9  9810  6,9 % 5,5 % 11,2 % 32,5 %
2008  455,0  10 235  3,5 % 7,0 % 11,3 % 32,1 %
2009  465,9  10 360  1,7 %  4,2 % 12,0 % 35,2 %
2010  490,4  10 776  4,0 %  2,3 % 11,8 % 36,4 %
2011  533,5  11 587  6,6 %  3,4 % 10,8 % 35,7 %
2012  565,3  12 136  4,0 %  3,2 % 10,4 % 34,1 %
2013  602,4  12 785  4,9 %  2,0 % 9,7 % 37,8 %
2014  640,2  13 432  4,4 %  2,9 % 9,1 % 43,7 %
2015  666,9  13 835  3,1 %  5,0 % 8,9 % 50,6 %
2016  689,2  14 138  2,0 % 7,5 % 9,2 % 50,7 %
2017  714,0  14 485  1,8 %  4,3 % 9,3 % 49,4 %

Qishloq xo‘jaligi

tahrir

Kolumbiyada mehnatga layoqatli yoshdagi aholining 22,7 foizi asosan qishloq xoʻjaligida band hisoblanadi. Dehqonchilik uchun yaroqli yerlar mamlakat hududining beshdan bir qismini tashkil etadi. Yetishtiriladigan oziq-ovqat ekinlariga manok, sholi va kartoshka (yillik 2,6 million tonna) kiradi. Sanoat ekinlariga paxta, kakao loviya (yillik 47,1 ming tonna) va shakarqamish (yillik 38,2 million tonna) kiradi. Karib dengizi sohilida banan plantatsiyalarida banan yetishtiriladi. Kolumbiya o‘z aholisi uchun deyarli barcha oziq-ovqat ehtiyojlarini qondiradi. Eksportning asosiy turlaridan biri bu kofe bo‘lib, uni ishlab chiqarish bo‘yicha Kolumbiya dunyoda yetakchi 3-o‘rinni egallaydi (yillik 660 ming tonna). Kolumbiya eksportida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ulushi 23,5% ga yetadi.

Chorvachilik asosan mayda fermer xoʻjaliklari mehnati hisobiga, 400 mingga yaqin fermer xoʻjaliklari hisobidan rivojlanadi. Mamlakatda qoramol soni taxminan 24 million boshni tashkil qiladi. Kolumbiya Janubiy Amerikadagi buyvol yetishtiruvchi yetakchi mamlakatlardan biridir. Kolumbiyada baliqchilikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar mavjud bo‘lib, mamlakatdan Tinch okeani va Karib dengizi suvlar oqib o‘tadi. Biroq, Kolumbiya yerlarida baliq ovlash sohasi yaxshi rivojlanmagan. Ovlangan baliq mahsulotlarining salmoqli qismi odatda xorijga eksport qilinadi. Kolumbiyadagi dengiz baliqchiligi orkinos, qisqichbaqa, oq baliq, hamsi va seld balig‘ini o‘z ichiga oladi. Magdalena, Orinoko va Amazon daryolarida chuchuk suvda baliq ovlash amalga oshiriladi, akvakultura sohasi hozirda faol rivojlanmoqda - uning asosiy yo‘nalishlaridan biri qizil ikra yetishtirishdir[6].

Sanoat

tahrir

Sanoatda sohasida mehnatga layoqatli yoshdagi aholining 18,7 foizi ish bilan band hisoblanadi.

Kon sanoati

tahrir

Mamlakat jahon bo‘yicha foydali qazilmalarga boy davlatlardan biri hisoblanadi. Kolumbiya dunyoda qazib olingan zumradlarning 90 foiziga egalik qiladi, deyarli barcha konlar mamlakatning ikkita yirik bo‘limida joylashgan: Boyaca va Cundinamarca. Qimmatbaho toshlar asosan mamlakatda - Bogota yoki Medellinda qayta ishlanadi. Davlat ushbu sohada eksportini jiddiy nazorat qiladi[7].

1950-yillarda Kolumbiya hududidan neft zaxiralari topilgan. Asosiy neft konlari Barrankabermeja shahri yaqinida va mamlakat janubi-sharqida joylashgan. Tasdiqlangan neft zaxiralari hajmi kamayib borayotganiga qaramay[8]. 2017-yilda neft qazib olish hajmi kuniga 866 ming barrelga yetgan deya baholangan, ushbu raqamlar Kolumbiyani neft qazib olish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda 23-o‘ringa olib chiqadi[9].

Davlatda ko‘mirning yirik zaxiralari (17 mlrd. tonna) mavjud bo‘lib, ularning asosiy qismi El Cerrejon konida joylashgan. Shuningdek mamlakat hududidan boshqa rangli qazilma boyliklari, jumladan: oltin, temir va mis rudalari ham qazib olinadi.

Ishlab chiqarish sanoati

tahrir

Ishlab chiqarish sanoati yalpi ichki mahsulotning 19 foizini tashkil qiladi. Davlatda eng yirik sanoat markazlari Bogota, Medellin va Kali shaharlari hisoblanadi. Kolumbiyadagi asosiy toʻqimachilik fabrikalari Medellin shahrida joylashgan. Ishlab chiqarish sanoatining asosiy mahsulotlari:

  • oziq-ovqat sanoati
  • to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati
  • kimyoviy moddalar tayyorlash sanoati
  • avtomobillar va jihozlar tayyorlash sanoati

Energetika sohasi

tahrir

Xalqaro statistika agentliklari Kolumbiyaning umumiy energiya zahiralari 7,254 milliard tonnaga teng (ko‘mir ekvivalentida) deya baholagan[10]. 2019-yil yakuniga ko‘ra, EES va EAEC ma’lumotlariga[11] binoan mamlakat elektroenergetikasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:

  • O‘rnatilgan quvvat elektr stansiyalari - 19009 MVt, shu jumladan: qazilma yoqilg‘ilarni yoqish orqali olinadigan issiqlik elektr stansiyalari (CHP) - 36,2%, qayta tiklanuvchi energiya manbalari (RES) - 63,8%.
  • Yalpi elektr energiyasi ishlab chiqarish – 80590 mln. kVt/soat, shu jumladan: issiqlik elektr stansiyalari – 32,0%, RES - 68,0%.
  • Yakuniy elektr energiyasi iste’moli – 67171 mln kVt/soat, shundan: sanoat – 33,2%, transport - 0,2%, maishiy iste’molchilar – 36,9%, tijorat sektori va davlat korxonalari - 24,3%, qishloq, oʻrmon va baliqchilik – 1,2%, boshqa iste‘molchilar - 4,1%.

2019-yil uchun energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari: xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga iste’moli (nominal narxlarda) – 15 633 dollar, aholi jon boshiga (yalpi) elektr energiyasi – 1360 kVt/soat, aholi jon boshiga elektr energiyasi iste’moli – 502 kVt/soat. Shuningdek elektr stansiyalarining o‘rnatilgan sof elektr quvvatidan foydalanish soatlari miqdori – 4229 soatni tashkil etadi.

Transport sohasi

tahrir

Aeroportlar

  • jami - 984, shu jumladan:
    • qattiq sirtli yo‘lakka ega aeroportlar - 101
    • qattiq qoplamasiz yo‘lakka ega aeroportlar - 883

Temir yo‘llar

  • jami - 3304 km, shu jumladan:
    • keng o‘lchamli - 150 km
    • tor o‘lchamli - 3154 km

Avtomobil yo‘llari

  • jami - 112 988 ming km, shu jumladan
    • qattiq sirtli - 16 270 ming. km
    • qattiq sirtsiz - 96 718 ming. km

Suv transporti

  • jami - 42 413 grt / 58 737 dedveytga ega 17 ta kema
    • quyma yuk tashuvchilar - 13
    • gaz tashuvchilar - 1
    • tankerlar - 3

Aholi daromadi

tahrir

Eng kam ish haqi

tahrir

2009-yil 30-dekabrda qabul qilingan Kolumbiya prezidenti farmoniga ko‘ra, Kolumbiyada eng kam ish haqi 2010-yilda 3,64 foizga oshib, 515 ming pesoni tashkil etgan[12]. 2018-yil holatiga ko‘ra, Kolumbiyada eng kam ish haqi 781 242 peso (273,43 dollar). 2020-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Kolumbiyada eng kam ish haqi 877 802 peso (267,76 dollar), shuningdek, 102 854 peso (31,71 dollar ) miqdoridagi majburiy transport subsidiyasini tashkil etadi. Bu oyiga atigi 980 656 peso (299,14 dollar)[13] ni tashkil etadi.

Pul birligi

tahrir

Kolumbiya pesosi (belgisi: $; kod: COP) - Kolumbiya valyuta birligi hisoblanadi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „World Economic Outlook Database“. International Monetary Fund (2015-yil 1-aprel). 2020-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-dekabr.
  2. „Azteca Installs 12,000 km of Fiber Optic Cable in Colombia“. AZO Optica (2013-yil 9-iyul). 2015-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-dekabr.
  3. „Colombia received 12% more foreign visitors in 2014: Govt“. Colombia Reports (2015-yil 18-fevral). 2015-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-dekabr.
  4. „Colombia superó la meta de 4 millones de turistas extranjeros en 2014“. Ministry of Commerce, Industry, and Tourism (2015-yil 17-fevral). 2016-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-dekabr.
  5. „Report for Selected Countries and Subjects“ (en). 2018-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-sentyabr.
  6. „Колумбия на agro24.ru“. 2020-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
  7. „Колумбия. Изумруды.“. 2019-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
  8. „Разведанных запасов нефти в Колумбии хватит на 8 лет“. 2019-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
  9. „Рейтинг стран по добыче нефти“. 2019-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
  10. „Запасы энергоносителей. Энергетический потенциал“ (ru). EES EAEC. Мировая энергетика (2021-yil 22-iyul). 2021-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  11. „Энергетика Колумбии“ (ru). EES EAEC. Мировая энергетика (2022-yil 17-may). 2022-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  12. Salario mínimo aumenta 3,64 %; se ubicará en 515 mil pesos en 2010[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка(isp.)
  13. „Salario mínimo 2020: así quedó el aumento en Colombia“. 2020-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-yanvar.