Zumrad (yunoncha smaradgos) — mineral, bershintg toʻq yashil turi. Tarkibida oz miqdorda (2% atriofida) xrom oksidi boʻladi. Chiroyli tovlanishi, yaxshi jilolanishi, shaffofligi, kristall shaklining chiroyliligi bilan qimmatbaho toshlar ichida birinchi darajali hisoblanadi. Zumradning darz ketmagan shaffof, massasi 5 karatdan ortiq boʻlgan xili, shunga teng boʻlgan olmosdan qimmatroq turadi. Zumradning yirik konlari granitli pegmatitlarning magnezial slanetslar, amfibolitlar va zmeyeviklarga taʼsir etilishidan hosil boʻladi. Shuningdek, Zumrad kvarsdala shpatli tomirlarda va oʻzgargan slanets karbonatli jinslarda ham uchraydi. 3.ning konlari kam. Asosiy konlari Rossiya (Ural), JAR (Transvaal), Kolumbiya (Muso)da bor. 3. dan qimmatbaho taqinchoqlar va bezaklar tayyorlanadi. Sunʼiy Zumrad kvant mexanikasida ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil