Kompressor stansiyasi -energiya eltgich (pnevmatik asboblar uchun havo, isitish uchun gaz) yoki xom ashyo (havodan kislorod, azot-vodorod aralashmasidan ammiak olish) sifatida foydalaniladigan qisilgan gaz yoxud havo olish uchun qoʻllaniladigan statsionar qurilma. Kompressor stansiyasi turli sanoat korxonalari va qurilish maydonchalariga oʻrnatiladi. Kompressor stansiyasi kompressor va boshqa jihozlar — siqilgan gaz idishlari, gaz yiggichlar, suv, havo va sovitish qurilmalari, muxandislik kommunikatsiya tarmoqlari ([[vodoprovod tarmog'i|vodoprovod, kanalizatsiya, bugʻ, issiq suv), transformator kichik stansiyasi oʻrnatilgan asosiy bino va xodimlar binosidan iborat. Kompressor stansiyasi alohida joyga olovbardosh materiallardan quriladi. Ayrim (masalan, kompressor jihozlari ishlab chiqarishga taʼsir qilmaydigan) hollarda korxona binosida joylashishi mumkin.[1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil