Konakri
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Konakri — Gvineya poytaxti (1958). Tombo orol va Kalum yarim orolda joylashgan (oʻzaro damba orqali bogʻlangan). Aholisi 1558 ming kishi (1997). Iqlimi nam va quruq mavsumli ekvatorial, mussonli ikdim. Yanvarda oʻrtacha temperatura 23°, iyulda 22°; yiliga oʻrtacha 4300 mm yogʻin yogʻadi. Dengiz porti orqali chetga mi-nerallar va q. q. xom ashyolari chiqariladi. Konakri — Gvineyaning temir yoʻl markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Konakri — yirik iqtisodiy markaz, mamlakat ishlab beruvchi sanoatining katta qismi shu yerda joylashgan. Oziq-ovqat, kurilish materiallari, kimyo, toʻqimachilik, metallsozlik, sement, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Shahar atrofida sabzavotchilik rivojlangan.
Shahar 1884-yilda susular qishlogʻi oʻrnida vujudga kelgan. 1895—1958-yillarda Fransiya Gvineyasining maʼmuriy markazi. Konakri uzunasiga choʻzilgan: janubi-gʻarbi — port va temir yoʻl vokzali joylashgan eski shahar qismidan iborat, yangi shimoli-sharqiy qismi esa maʼmuriy markaz, aeroporti ham oʻsha yerda. 20-asrning 2-yarmida Konakrida koʻplab zamonaviy maʼmuriy va turar joy binolari qurildi. Ilmiy muassasalar, Milliy kutubxona, Milliy muzey, Xalqlar saroyi bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |