Konsessiya
Konsessiya (lot. concessio — ruxsat, yon berish) — 1) xoʻjalik yuritish va chet el kapitalini jalb qilish shakli; milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni oʻzlashtirish maqsadida davlat yoki mahalliy hokimiyat idoralariga qarashli yer uchastkalari, qazilma boyliklar, korxonalar va boshqa xoʻjalik obʼyektlarini muayyan muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet el kapitali (davlat, firma, xususiy shaxs) ga berish haqidagi shartnoma yoki kelishuv. Xalqaro huquq boʻyicha davlat shartnoma muddati tugaganidan keyin K. amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Hozirgi sharoitlarda konsessioner ishlab chiqargan mahsulotini, ayniqsa, keng isteʼmol mollari yoki mashinasozlik, yoqilgʻienergetika mahsulotlarini K. joylashgan mamlakat bozoriga chiqarishi koʻp uchraydi.
Iqtisodiy qudratli davlatlar oʻzlarini xom ashyo resurslari bilan taʼminlash hamda siyosiy-iqtisodiy tazyiq maqsadlarida xalqaro va xorijiy K.lardan keng foydalanadi. 20-asrning 90-yillarida Rossiya, Qozogʻiston, Ozarbayjonda neft konlarini rezvedka qilish va ishga tushirish boʻyicha AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya kompaniyalariga K. berilishi bunga misol boʻla oladi. Rivojlangan mamlakatlarda K.lar bilan bir qatorda chet el kapitali ishtirokidagi qoʻshma korxonalar paydo boʻlmoqsa; 2) yangidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar sotuvini tashkil qilgani uchun banklar oladigan haq.
Zarifa Gʻofurova.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |