Konstantin Aleksyutovich
Konstantin Aleksyutovich (1884-yil 20-may, Minsk gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 1943-yil 26-fevral, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – belarus xoreografi, baletmeysteri[1].
Konstantin Aleksyutovich | |
---|---|
Tavalludi |
20-may, 1884-yil Minsk gubernatorligi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
26-fevral, 1943-yil Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya → SSSR |
Biografiyasi
tahrirKonstantin Aleksyutovich 1884-yil 20-may kuni Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Minsk gubernatorligida tugʻilgan. U 1906-yil Sankt Peterburg teatr maktabini tamomlagan. Konstantin Aleksyutovich 1920-yilda Minsk balet truppasini tashkil qildi[2]. U 1930-yildan 1937-yilgacha Belarus yosh tomoshabinlar teatri xoreografi, 1937-yildan 1941-yilgacha Belarus xalq qoʻshiqlari va raqslari ansambli bosh xoreografi sifatida ishladi. Konstantin Aleksyutovich Ikkinchi jahon urushi paytida Samarqandga keldi. U Samarqanddagi oʻzbek musiqa va drama teatrida baletmeyster boʻlib ishladi.
Faoliyati
tahrirSamarqandga kelganidan soʻng ham, belarus xalqi milliyligini, sanʼatini targʻib qilishda davom etdi. Belarus xalqining raqslarini Samarqand oʻzbek musiqa va drama teatrida sahnalashtirdi. Bunga misol qilib, „Kartoshka raqsi“, „Liyavoxina“, „Nikita“, „Blizzard“ va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Liyavoxina raqsi
tahrirKonstantin Aleksyutovich tomonidan 1940-yil Moskva davlat drama teatrida namoyish qilingan. Uning „Liyavoxina“ raqsi haqida rus sanʼat arbobi Galavanov quyidagicha fikr bildiradi:
Oʻrtoq Aleksyutovich tomonida namoyish etilgan „Liyavoxina“ raqsini belarus raqslarining eng yaxshi namunalaridan biri deyish mumkin.
Bulba raqsi
tahrirDastavval belarus xalq raqslari orasida „Bulba raqsi“ yoʻq edi. Keyin 1926-yili Konstantin Aleksyutovich belarus raqslari koʻrib chiqib, musiqalarini eshitib yurib, oʻzi mustaqil „Bulba raqsi“ni yaratdi. U ushbu raqsni yaratguncha, har bir harakatlarga eʼtibor berganligi uchun, hozirda „Bulba raqsi“ni belarus xalq raqslari qatoriga qoʻshilgan.
Konstantin Aleksyutovich 1943-yil 26-fevral kuni Samarqand shahrida vafot etdi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Алексютовіч Канстанцін Андрэевіч“. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Алексютовіч Канстанцін Андрэевіч 2“. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.