Konstantin Fyodorovich Kazakov (1906 — 1951) — Ishchilar va dehqonlar Qizil Armiyasi katta serjanti, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1943).

Kazakov Konstantin
Hayot davri 1906—1951
Tavalludi 1906-yil 14-avgust
Penza viloyati
Vafoti 1951-yil
Qashqadaryo viloyati
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Konstantin Kazakov 14-avgust 1906-yilda Pachelma qishlogʻida (hozirgi — Penza viloyatidagi qishloq) tugʻilgan[1]. Boshlangʻich maktabni tugatgach, Oʻzbekiston SSRning Buxoro viloyatida yashab oʻz faoliyatini olib borgan. 1942-yil yanvar oyida Kazakov Ishchilar va Dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqirilgan va Ulug 'Vatan urushi frontiga yuborilgan. 1943-yil oktyabr oyiga qadar katta serjant Konstantin Kazakov Markaziy front 65-armiyasining 69-oʻqotar diviziyasida 303-oʻqchi polkining bir qismiga qoʻmondonlik qilgan. U Dnepr uchun boʻlgan jangda oʻzini koʻrsatib boshqalardan ajralib turgan.

1943-yil 16-oktyabrda Kazakov va uning otryadi Ukraina SSR, Chernigov viloyati , Repkinskiy tumani, Radul qishlogʻi hududida Dneprni kesib oʻtib, dushmanni oʻzi bosib olgan xandaqdan oʻqqa tutgan va raqibni kerakli vaqtgacha oʻz pozitsiyasida ushlab turgan. Keyin boshqa batalyon kuchlari yordamga kelibraqibni chekinishga majbur qilishgan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktyabrdagi farmoni bilan „Frontda nemis bosqinchilariga qarshi qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda bir vaqtning oʻzida koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“ katta serjant Konstantin Kazakov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan , Lenin ordeni va Oltin medal bilan taqdirlangan.

Urush tugagandan soʻng, Kazakov demobilizatsiya qilingan. Oʻzbekiston SSR Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan, u yerda doʻkon raisi boʻlib ishlagan. 1951-yilda Qashqadaryo viloyatida vafot etgan.

Shuningdek, bir qator medallar bilan ham taqdirlangan[2].

Manbalar tahrir