Konstantinopol shartnomasi 1712
Konstantinopol shartnomasi — 1712-yil 5 (16-aprel)da Rossiya va Turkiya oʻrtasida imzolangan tinchlik shartnomasi. U 1711-yilgi Prut tinchlik shartnomasi bandlarini tasdiqlashni nazarda tutib, Konstantinopol (Istanbul) shahrida imzolangan.
Rossiya bir oydan kechiktirmay Rech Pospolitadan qoʻshinlarini olib chiqishga, Ukraina va Polsha ishlariga aralashmaslik majburiyatini zimmasiga oldi. Shu bilan birga, mabodo Shvetsiya qoʻshinlari Polshaga kirgudek boʻlsa, Pyotr I Polsha yerlarida ular bilan urush olib borish shartini kirita oldi (1-modda). Rossiya Karl XII va unga hamroh boʻlgan qoʻshinlarni erkin oʻtkazish majburiyatini ham oldi (2-modda).
Pyotr I Ukrainaning oʻng qirgʻogʻi va Zaporojya Sechiga daʼvosidan ham voz kechdi. Dneprning gʻarbiy tomonida faqatgina Kiyev va uning atrofi Rossiya ixtiyorida qoldi. Dneprning gʻarbiy tomonida yashagan kazaklar va Sechlar Rossiyaga boʻysunmaydigan boʻldi (3-modda).
Ikki tomon ham Azov va Cherkassk oʻrtasida birorta ham qal’a qurmaslik majburiyatini oldi.
Bitimni Rossiya nomidan favqulodda va muxtor vazirlar P. P. Shafirov hamda B. Sheremetyev imzolagan.
Adabiyotlar
tahrir- Diplomatiya tarixi, 1-jild. M., 1959;
- Arkas M. M. Ukraina-Rossiya tarixi. K., 1991-yil