Nikolay Leopoldovich Korjenevskiy (1879.6.2, Vitebsk guberniyasi — 1958.31.10, Toshkent) — tabiiy geograf va glyasiolog. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1947). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1939). Geogr. fanlari doktori (1937). Oʻrta Osiyo universitetining tabiiy geogr. kafedrasi professor, mudiri (1927-yildan). Oʻrta Osiyo Gidrometeorologiya institutida konsultant va glyasiologiya boʻlimining boshligʻi (1926—58). Ilmiy faoliyati Oʻrta Osiyo tabiiy geogr.si va muzliklariga bagʻishlangan. K. Oʻrta Osiyo muzliklarining dastlabki katalogini tuzgan (1930), 70 ga yaqin muzlik va choʻqqilarni oʻrganib ilmiy adabiyotga kiritgan. Ustyurt platosi, Moʻyinqum, Qirgʻiziston tizmasi, Qorakoʻl, Yashilkoʻl, Sarez, Iskandarkoʻl va Balxash koʻllarini tadqiq qildi. Pomir va Tyaniianda 3 muzlik va Orqa Olay tizmasidagi choʻqqi K. nomi bilan atalgan.[2]

Nikolay Korjenevskiy
Tavalludi 6-fevral 1879
Vafoti 31-oktyabr 1958[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Manbalar tahrir

  1. // (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Katalog lednikov Sredney Azii, T., 1930; Srednyaya Aziya. Kratkiy fizikogeograficheskiy ocherk, 2 izd., T., 1941; Priroda Sredney Azii, T., 1960.

Adabiyot tahrir

  • Nikolay Leopoldovich Korjenevskiy (1879-1958), T., 1962.