Vladimir Galaktionovich Korolenko [1853.15(27).7, Jitomir — 1921. 25.12, Poltava] — rus yozuvchisi, publitsist, jamoat arbobi. Peterburg (1900—02) va Rossiya (1918) Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi. Ilk hikoyasi — „Izlovchi hayotidan lavhalar“ (1879). „Maftunkor“ (1880), „Fyodor“ (1885), „Koʻr muzikachi“ (1886), „Cherkas“ (1888), „Ot dovon“ (1892), „Goʻng“ (1895), „Shuʼlalar“ (1901) singari hikoya va qissalarida zulm, zoʻravonlikka qarshi chiqqan, istibdod va tuhmat qurboni boʻlgan mazlumlar qismati aks etgan. „Zamondoshim tarixi“ (1922) avtobiografik asari va boshqa asarlarida demokratiya va gumanizm gʻoyalari ilgari surilgan. 1920 -yil Lunacharskiyga yozgan maktublarida [ "Noviy mir" („Yangi dunyo“) jurnal, 1988 -yil, 10-soni; Moskva] Rossiyadagi inqilob istiqboliga ishonmasligini bayon etgan va fuqarolar urushida bolsheviklarning beboshliklari haqida gʻazab bilan yozib, sudsiz otishlar va bolalarning oʻldirilishiga qarshi chiqqan. Asarlari jahondagi koʻpgina tillarga, jumladan, oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan.[1]

Vladimir Korolenko
Tavalludi 15 (27) iyul 1853
Vafoti 25-dekabr 1921
Ijod qilgan tillari Rus tili, Ukrain tili va Polyak tili
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil