Korolkov lolasi
Korolkov lolasi (lotincha: Tulipa korolkovii) – bir urugʻpallalilar sinfi, loladoshlar oilasi, lola turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Qurama togʻ tizmasi, Abjassoy va Kendirdovon atroflarida tarqalgan[1].
Korolkov lolasi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Bir urugʻpallalilar |
Turkum: | Lola |
Oila: | Loladoshlar |
Binar nomi | |
Tulipa korolkovii |
Tavsifi
tahrirBoʻyi 10-20 sm gacha yetadigan koʻp yillik, piyozchali oʻt oʻsimlik. Piyozchasi tuxumsimon, diametri 2,5 sm, tashqi qobigʻi yupqa, quruq qora-qoʻngʻir tusda, ichki tomondan tuklar bilan qoplangan. Poyasi oddiy, tik oʻsadi, shoxlanmagan, yuzasi tuksiz, silliq. Barglari uch dona, poyada navbatma-navbat joylashgan, bandsiz pastki qismi bilan poyani oʻrab oladi, chetlari egri bugri. Guli yakka, poya uchida oʻrnashgan, ikki jinsli, tubida qora dogʻi bor. Gultojibarglari qizil, erkin, besh yoki olti dona. Changchi iplarining pastki qismi qora, yuqori qismi qizil rangda. Changdonlari sariq tusda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Mart aprel oylarida gullab, mevasi iyunda pishib yetiladi. Mevasi qoʻngʻir jigarrang tusdagi, quruq koʻsak meva. Urugʻi yoki piyozchasi orqali koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
tahrirYovvoyi tabiatda kam uchraydi, toʻp toʻp boʻlib yoki yakka holatda oʻsadi. Toshkent viloyati Qurama togʻ tizmasi Abjassoy va Kendirdovon atroflarida tarqalgan. Qum shagʻalli, toshli yonbagʻirlar va ola jinsli tuproqlarda oʻsadi. Gullari va piyozchalarining yigʻib olinishi hamda chorva mollarining koʻplab boqilishi natijasida areali qisqarib ketgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Botanika bogʻida 1956-yildan buyon ekib oʻstirilmoqda[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Tulipa korolkowii“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.