Korolkov marmaragi
Korolkov marmargi (lotincha: Salvia korolkovii) – ikki urugʻpallalilar sinfi, yalpizdoshlar oilasi, marmarak turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Piskom, Ugom, Qorjontov hamda Chotqol togʻ tizmalarida oʻsadi[1].
Korolkov marmargi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Marmarak |
Oila: | Yalpizdoshlar |
Binar nomi | |
Salvia korolkovii |
Tavsifi
tahrirBoʻyi 50 sm gacha yetadigan tik oʻsuvchi oʻt oʻsimlik. Hayotiy shakli yarimbuta. Oʻq ildiz tizimiga ega. Poyasining sirti oq tuk bilan qoplangan. Ildiz boʻgʻzidan chiqqan barglari nashtarsimon keng qirqilgan, poya yuqorisidan chiqqan barglari butun oq momiq tuk bilan qoplangan. Gullari bir jinsli, poya uchida 2-3 tadan halqa hosil qilib oʻrnashadi. Gultojibarglari oq yoki och sariq tusda rangda, uzunligi 23-25 mm gulkosachabarglari keng qoʻngʻiroqsimon, ikki labli, yogʻon tomirli. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyunda gullab mevasi iyulda yetilib pishadi. Mevasi quruq yongʻoq meva, toʻrt boʻlakka ajraladi. Urugʻi orqali koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
tahrirTabiatda juda kam tarqalgan, endemik tur. Toshkent viloyati Piskom, Ugom, Qorjontov hamda Chatqol togʻ tizmalarida oʻsadi. Dengiz sathidan 1200-1500 m balandlikdagi soʻz tuproqlarda, tik qoyalarda, quyosh nuri toʻgʻridan toʻgʻri tushmaydigan joylarda topish mumkin. Chorva mollarining koʻplab boqilishi va yangi yerlarni oʻzlashtirilishi sababli oʻsish hududi qisqarib ketgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bogʻida ekib oʻstirilmoqda. Ugom Chatqol davlat tabiay milliy bogʻi hududida uchratish mumkin[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Salvia korolkowii“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.